Hujjatlar ro`yxati va vakiz adreslar

      Lizing objektlari faqat yuridik shaxslar uchun lizinga beriladi.

     Melioratsiya texnikalarini lizinga berish lizinga olinayotgan texnika bo`yicha lizingning butun davri uchun mulkiy tavakkalchiliklar sug`urta polisi mavjud bo`lgandagina beriladi.

    "O`zmeliomashlizing" DLKning sug`urta agenti bo`lib lizinga beriladigan texnikalarni sug`urtalash masalalarini bajaruvchi MChJ "Kafil sug`urta" hisoblanadi.

    Lizing xizmatlari uchun lizing kompaniyasi daromadi stavkasi shartnoma tuzish sanasidagi O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida bo`ladi.

    DLK "Uzmeliomashlizing" rekvizitlar (Format DOC, 23Kb)

    DLK "Uzmeliomashlizing" filliali rekvizitlar (Format DOC, 39Kb)


      Lizing shartnomasini rasmiylashtirish uchun hujjatlar ro`yxati.

  • Buyurtma. (format doc, 12kb)
  • Ta’sis hujjati (guvoxnoma, ustavi) nusxasi.
  • Korxonaning oxirgi yil buxgalteriya balansi (davlat soliq inspeksiyasi tomonidan balans to‘g‘ri topshirilgani bo‘yicha berilgan elektron tasdig‘i bilan).
  • Oxirgi sanaga xizmat ko‘rsatuvchi bank va soliqdan (mavjud qarzdorlik bo‘yicha) ma’lumotnoma.
  • Biznes- reja.
  • Taqdim etiladigan ta’minot bo‘yicha zaruriy xujjatlar.
  • Loyihani moliyalash davrida zarur bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlar.