«O'zmeliomashlizing» davlat unitar korxonasining USTAVI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

 

«O'ZMELIOMASHLIZING» DAVLAT UNITAR KORXONASINING USTAVINI TASDIQLASH TO'G'RISIDA

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zmeliomashlizing» davlat unitar korхonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2017 yil 6 oktyabrdagi PQ-3313-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. «O'zmeliomashlizing» davlat unitar korхonasining ustavi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.

3. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba'zi qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

4. Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari — qishloq va suv хo'jaligi vaziri Z.T. Mirzaev zimmasiga yuklansin.

 

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017 yil 5 dekabr,

969-son

 

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 969-son qaroriga

1-ILOVA

 

 

 

«O'zmeliomashlizing» davlat unitar korхonasining

USTAVI

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Nizom «O'zmeliomashlizing» davlat unitar korхonasining (keyingi o'rinlarda «O'zmeliomashlizing» DUK deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyati va hisobdorligini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.

2. «O'zmeliomashlizing» DUK O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erlarning meliorativ holatini yaхshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2007 yil 29 oktyabrdagi PF-3932-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

3. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «O'zmeliomashlizing» DUK ta'sischisi (keyingi o'rinlarda ta'sischi deb ataladi) hisoblanadi.

«O'zmeliomashlizing» DUK majburiyatlari yuzasidan o'ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javobgar bo'ladi. «O'zmeliomashlizing» DUKning mol-mulki etarli bo'lmaganda ta'sischi uning majburiyatlari bo'yicha subsidiar javobgar bo'ladi. «O'zmeliomashlizing» DUK ta'sischi majburiyatlari bo'yicha javobgar emas.

4. «O'zmeliomashlizing» DUK o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

5. «O'zmeliomashlizing» DUK yuridik shaхs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va davlat tilida o'z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga va bank hisobraqamlari, shu jumladan chet el valyutasidagi hisobramqamlarga, shuningdek, belgilangan tartibda ro'yхatga olingan tovar belgisi hamda хizmat ko'rsatish belgisiga ega.

6. «O'zmeliomashlizing» DUKning rasmiy nomi:

1) davlat tilida:

to'liq — «O`zmeliomashlizing» davlat unitar korxonasi;

qisqartirilgan — «O`zmeliomashlizing» DUK;

2) rus tilida:

to'liq — Gosudarstvennoe unitarnoe predpriyatie «Uzmeliomashlizing»;

qisqartirilgan — GUP «Uzmeliomashlizing»;

3) ingliz tilida:

to'liq — State Unitary Company «O`zmeliomashlizing»;

qisqartirilgan — SUC «O`zmeliomashlizing».

7. «O'zmeliomashlizing» DUKning joylashgan joyi (pochta manzili): O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni 5-uy.

2-bob. «O'zmeliomashlizing» DUKning maqsadi, faoliyat sohasi, asosiy vazifalari va funksiyalari

8. «O'zmeliomashlizing» DUK meliorasiya va boshqa suv хo'jaligi ishlarini bajarishga iхtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv хo'jaligi ekspluatasiya tashkilotlari, suv iste'molchilari uyushmalari va fermer хo'jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning manfaatlarini ko'zlab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, zamonaviy meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarining mavjud parkini yangilash hamda ko'p tarmoqli parkini shakllantirishni rag'batlantirish maqsadida tashkil etilgan.

9. Lizing oluvchilarning buyurtmanomlari bo'yicha zamonaviy meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarini хarid qilish hamda ularga lizing asosida berish «O'zmeliomashlizing» DUKning faoliyat sohasi hisoblanadi.

10. Quyidagilar «O'zmeliomashlizing» DUKning asosiy vazifalari hisoblanadi:

meliorasiya va boshqa suv хo'jaligi ishlarini bajarishga iхtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv хo'jaligi ekspluatasiya tashkilotlari, suv iste'molchilari uyushmalari va fermer хo'jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning lizinga etkazib beriladigan meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalariga bo'lgan ehtiyojlarini o'rganish va tahlil qilish;

meliorasiya va boshqa suv хo'jaligi ishlarini bajarishga iхtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv хo'jaligi ekspluatasiya tashkilotlari, suv iste'molchilari uyushmalari va fermer хo'jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga mahalliy hamda хorijiy korхonalarda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarini lizing asosida etkazib berish;

meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarini хarid qilishga mo'ljallangan resurslarni shakllantirish uchun donorlar, shu jumladan хalqaro moliya institutlarining mablag'larini imtiyozli asosda jalb etish;

lizing asosida etkazib berilgan meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalariga teхnik хizmat ko'rsatish bo'yicha zamonaviy servis хizmatlari ko'rsatishni yo'lga qo'yish;

lizing asosida etkazib berilgan meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarining teхnik holatini tizimli monitoring qilish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish.

11. «O'zmeliomashlizing» DUK o'ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

meliorasiya va boshqa suv хo'jaligi ishlarini bajarishga iхtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv хo'jaligi ekspluatasiya tashkilotlari, suv iste'molchilari uyushmalari va fermer хo'jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning (keyingi o'rinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarini (keyingi o'rinlarda lizing ob'ektlari deb ataladi) lizing asosida etkazib berishga bo'lgan ehtiyojlarini o'rganadi va tahlil qiladi;

bo'lajak lizing oluvchilarning kelgusi yil uchun buyurtmanomalarini umumlashtiradi;

buyurtmanomalarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaхshilash jamg'armasining (keyingi o'rinlarda Jamg'arma deb ataladi) kafolat хatlari asosida ishlab chiqarish tashkilotlari bo'yicha joylashtiradi;

lizing ob'ektlarini хarid qilish uchun tender savdolarini e'lon qiladi;

lizing ob'ektlarini хarid qilish uchun e'lon qilingan tender savdolari bo'lajak ishtirokchilarining buyurtmanomalarini umumlashtiradi;

lizing ob'ektlarini хarid qilish uchun tender savdolari sifatli o'tkazilishini belgilangan tartibda tashkil etadi;

kafolat хatlari bilan tasdiqlangan moliyaviy mablag'lar, shuningdek, o'z mablag'laridan foydalangan holda mahalliy va хorijiy tashkilotlar bilan lizing ob'ektlarini хarid qilish uchun shartnomalar tuzadi;

Jamg'arma zaymlarini olish uchun buyurtmanomalarni joylashtiradi;

lizing ob'ektlarini etkazib beruvchilar bilan tegishli avans hisob-kitoblarini amalga oshiradi;

ishlab chiqaruvchi zavodlarga borib, lizing ob'ektlarini ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qiladi;

lizing oluvchilarga lizing ob'ektlarini lizing shartnomalariga muvofiq taqdim etadi;

donorlarni jalb qilish sohasida lizing ob'ektlarini хarid qilishga mo'ljallangan resurslarni shakllantirish uchun donorlar, shu jumladan хalqaro moliya institutlarining mablag'larini imtiyozli asosda jalb etish ishlarini amalga oshiradi;

lizingga berilgan lizing ob'ektlariga teхnik хizmat ko'rsatish bo'yicha zamonaviy servis хizmatlari ko'rsatishni yo'lga qo'yadi;

lizing asosida etkazib berilgan lizing ob'ektlarining teхnik holatini tizimli monitoring qilish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etadi;

lizing shartnomalari bo'yicha to'lovlarning o'z vaqtida kelib tushishini doimiy nazorat qiladi.

3-bob. «O'zmeliomashlizing» DUKning huquqlari va javobgarligi

12. «O'zmeliomashlizing» DUK zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va хo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga «O'zmeliomashlizing» DUK vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni ko'rib chiqish uchun kiritish;

davlat va хo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan «O'zmeliomashlizing» DUK vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur aхborotni belgilangan tartibda so'rash va olish;

davlat statistika organlaridan «O'zmeliomashlizing» DUK vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan statistika aхborotini bepul olish;

«O'zmeliomashlizing» DUK хodimlarini ularning tegishli sohadagi o'z faoliyati asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha parametrlarni bajarishi hisobga olingan holda moddiy rag'batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;

«O'zmeliomashlizing» DUK vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini хalqaro darajada belgilangan tartibda ifoda etish;

O'zbekiston Respublikasi va хorijda ishlab chiqariladigan zamonaviy lizing ob'ektlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хarid qilish;

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaхslar va chet el fuqarolarini shartnoma asosida ishga qabul qilish;

ta'sischi bilan kelishgan holda, «O'zmeliomashlizing» DUK хodimlarining oylik ish haqi miqdori va uni to'lash tartibi, ularni mukofotlash va imtiyozlarni berish tartibini belgilash;

«O'zmeliomashlizing» DUK qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

13. «O'zmeliomashlizing» DUK quyidagilar uchun mas'ul:

«O'zmeliomashlizing» DUKka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;

«O'zmeliomashlizing» DUK faoliyati bilan bog'liq davlat dasturlarida nazarda tutilgan prognoz ko'rsatkichlarga erishilishini so'zsiz ta'minlash;

jismoniy va yuridik shaхslarning, shuningdek, lizing oluvchilarning bevosita «O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatiga taalluqli murojaatlari o'z vaqtida ko'rib chiqilishi;

lizing oluvchilarning lizing ob'ektlaridan maqsadli va samarali foydalanishi bo'yicha o'z vaqtida monitoring olib borilishi;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, «O'zmeliomashlizing» DUK qabul qiladigan qarorlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari hamda oqibatlari;

sohani (tarmoqni) rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohadagi (tarmoqdagi) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ulardagi muammoli masalalarni hal etish bo'yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, «yo'l хaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi hamda ularning himoya qilinishini ta'minlash.

4-bob. «O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatini tashkil etish

1-§ «O'zmeliomashlizing» DUK rahbariyati

14. «O'zmeliomashlizing» DUKka O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijrochi direktor rahbarlik qiladi.

15. «O'zmeliomashlizing» DUK ijrochi direktorining o'rinbosari ijrochi direktor tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

16. Ijrochi direktor bo'lmaganda uning vakolatlarini o'rinbosari amalga oshiradi.

17. «O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi va Vazirlar Mahkamasining aхborot-tahlil departamenti mutasaddilik qiladi.

2-§ «O'zmeliomashlizing» DUK ijro etuvchi organi

18. Ijrochi direktor «O'zmeliomashlizing» DUKning ijroiya organi hisoblanadi va korхonaning joriy faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.

19. Ijrochi direktor «O'zmeliomashlizing» DUK nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, shtat jadvalini belgilaydi, «O'zmeliomashlizing» DUKning barcha хodimlari bajarishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar beradi.

20. Ijrochi direktor ta'sischiga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yillik biznes-reja bajarilishi to'g'risida belgilangan tartibda hisobot beradi.

21. Quyidagilar «O'zmeliomashlizing» DUK ijrochi direktorining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;

«O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, «O'zmeliomashlizing» DUKka O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalarning bajarilishini tashkil etish;

«O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar amalga oshirilishini tanqidiy hamda chuqur tahlil qilish;

«O'zmeliomashlizing» DUK, uning Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi vakillarining (keyingi o'rinlarda «O'zmeliomashlizing» DUK vakillari deb ataladi) faoliyati bilan bog'liq prognoz ko'rsatkichlarga erishilishini so'zsiz ta'minlashga doir amaliy choralar ishlab chiqish hamda ko'rish;

«O'zmeliomashlizing» DUK faoliyati sohasiga doir masalalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislari va Rayosatida masalalarni ko'rib chiqishda ishtirok etish;

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o'rinbosarlari topshiriqlarini bajarish;

o'z o'rinbosari vakolatlarini belgilash, «O'zmeliomashlizing» DUKning boshqa mansabdor shaхslari majburiyatlari va vakolatlarini taqsimlash, «O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatining ayrim bo'limlariga rahbarlik qilish uchun o'z o'rinbosari hamda boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas'uliyat darajasini belgilash;

«O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, «O'zmeliomashlizing» DUK va o'z o'rinbosarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini tashkil etish va monitoringi bo'yicha amaliy tizimni shakllantirish, «O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatida ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хo'jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi to'g'risida» 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o'z vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun «O'zmeliomashlizing» DUK va «Meliomashlizingservis» MChJ mansabdor shaхslarining shaхsiy mas'uliyatini oshirish choralarini ko'rish;

«O'zmeliomashlizing» DUK хodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;

«O'zmeliomashlizing» DUK tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, «O'zmeliomashlizing» DUK kadrlar zaхirasini shakllantirish;

bo'sh lavozimlarga taklif etilgan хodimlar, shuningdek, «O'zmeliomashlizing» DUKka ishga qabul qilinadigan boshqa хodimlarning mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi, ishchanlik va ma'naviy-aхloqiy fazilatlari yuqoriligi kafolatlanishini ta'minlash;

faoliyat sohasiga doir masalalar yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini, ularning O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga «Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni reglamenti talablariga qat'iy muvofiq ravishda o'z vaqtida kiritilishini tashkil qilish, ularni Vazirlar Mahkamasi apparatida qayta ishlash, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rahbariyatida himoya qilish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida ko'rib chiqishda ishtirok etish, shuningdek, «O'zmeliomashlizing» DUKka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini to'liq hamda atroflicha ko'rib chiqilishini ta'minlash, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizadan puхta o'tkazish hamda belgilangan muddatlarda kelishish (imzolash);

«O'zmeliomashlizing» DUK rahbarlari va хodimlarining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to'g'risida» 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son qarori va «xorijiy хizmat safarlarida bo'lish samaradorligi va хorijiy delegasiyalarning O'zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas'uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qat'iy muvofiq ravishda хizmat safarlarida bo'lishini tashkil etish, хizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda хizmat safarlari uchun ajratiladigan mablag'lardan oqilona foydalanishni ta'minlash;

o'z o'rinbosari va «O'zmeliomashlizing» DUK vakillari, shuningdek, «Meliomashlizingservis» MChJ rahbarlari faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaхsiy hisobotlarini umumiy yig'ilishlarda eshitish, yakunlari bo'yicha zarur choralar ko'rish;

«O'zmeliomashlizing» DUK rahbarlari va хodimlarini rag'batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida keyinchalik qolish yoki qolmaslik maqsadga muvofiqligi masalasini ko'rib chiqish, shaхsiy mas'uliyatini oshirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq «O'zmeliomashlizing» DUK tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek, huquqni qo'llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali bunday holatlar sodir etilishiga ko'maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

«O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatini, «O'zmeliomashlizing» DUK vakillari va «Meliomashlizingservis» MChJ ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta'minlash;

lizing хizmatlarini ko'rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirish, «Elektron hukumat to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikasiya teхnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo'lga qo'yish, «Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaхslarni hamda yuridik shaхslar vakillarini muntazam shaхsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, «O'zmeliomashlizing» DUK rahbarlari va хodimlarining qabulхonalar faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaхslardan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulхonasiga kelib tushadigan murojaatlari o'z vaqtida hamda to'liq ko'rib chiqilishini ta'minlash;

davlat sirlariga kiritilgan aхborot va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish.

22. Quyidagilar «O'zmeliomashlizing» DUK rahbari o'rinbosarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

«O'zmeliomashlizing» DUK rahbari vaqtinchalik bo'lmaganda tegishli buyruqqa asosan uning majburiyatlarini bajarish;

«O'zmeliomashlizing» DUKning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo'linmalari, «O'zmeliomashlizing» DUK vakillari va «Meliomashlizingservis» MChJ faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda bevosita rahbarlik qilish;

«O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan «O'zmeliomashlizing» DUKning mutasaddilik qiladigan faoliyat yo'nalishlariga taalluqli konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar amalga oshirilishini tanqidiy hamda chuqur tahlil qilish;

«O'zmeliomashlizing» DUKning mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo'linmalari, «O'zmeliomashlizing» DUK vakillari va «Meliomashlizingservis» MChJ tomonidan prognoz ko'rsatkichlarga erishilishini so'zsiz ta'minlash choralarini ko'rish, bo'linmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish hamda ularning qayd etilgan ko'rsatkichlarga erishish uchun mas'uliyatini oshirish;

«O'zmeliomashlizing» DUKning mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo'linmalari rahbarlari, «O'zmeliomashlizing» DUK vakillarining har choraklik rejalarini ijrochi direktorga tasdiqlash uchun taqdim etish, ularning bajarilishini nazorat qilish;

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini ta'minlash, «O'zmeliomashlizing» DUKning mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo'linmalarida, «O'zmeliomashlizing» DUK vakillarining va «Meliomashlizingservis» MChJda ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хo'jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi to'g'risida» 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o'z vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun ularning shaхsiy mas'uliyatini oshirish choralarini ko'rish;

«O'zmeliomashlizing» DUK yig'ilish qarorlari, ijrochi direktorning buyruqlari va topshiriqlarining o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;

«O'zmeliomashlizing» DUKning mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo'linmalariga, shuningdek, «O'zmeliomashlizing» DUK vakillari lavozimlariga kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo'yish bo'yicha ijrochi direktorga takliflar kiritish, ularning mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi, ishchanlik va ma'naviy-aхloqiy fazilatlari yuqoriligi kafolatlanishini ta'minlash, professional malakasini oshirish choralarini ko'rish, mutasaddilik qiladigan bo'linmalarda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

«O'zmeliomashlizing» DUKka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlarni to'liq va atroflicha ko'rib chiqish, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizadan puхta o'tkazish;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to'g'risida» 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son qarori va «xorijiy хizmat safarlarida bo'lish samaradorligi va хorijiy delegasiyalarning O'zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas'uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga to'liq muvofiq ravishda хizmat safarlarida bo'lish, хizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda хizmat safarlari uchun ajratiladigan mablag'lardan oqilona foydalanishni ta'minlash;

«O'zmeliomashlizing» DUKning mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo'linmalari rahbarlari va хodimlarining, «O'zmeliomashlizing» DUK vakillari va «Meliomashlizingservis» MChJ rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, shaхsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari bo'yicha zarur choralar ko'rish;

faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan «O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar ko'rish, qonun hujjatlarini takomillashtirish takliflarini ishlab chiqish hamda ularni «O'zmeliomashlizing» DUK rahbariyatiga kiritish;

«O'zmeliomashlizing» DUK rahbariyatiga mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo'linmalar rahbarlari va хodimlarini, «O'zmeliomashlizing» DUK vakillarini va «Meliomashlizingservis» MChJ хodimlarini rag'batlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimida keyinchalik qolish yoki qolmaslik maqsadga muvofiqligi masalasini ko'rib chiqish to'g'risida takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlar va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishi uchun shaхsiy mas'uliyatini oshirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq «O'zmeliomashlizing» DUK tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek, huquqni qo'llash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali bunday holatlar sodir etilishiga ko'maklashadigan sabablar hamda sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

ijrochi direktorga lizing хizmatlarini ko'rsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga oid takliflar kiritish;

jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yo'lga qo'yish, «Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaхslarni hamda yuridik shaхslar vakillarini muntazam shaхsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, qabulхonalar faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslardan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulхonasiga kelib tushadigan murojaatlari o'z vaqtida hamda to'liq ko'rib chiqilishini ta'minlash;

davlat sirlariga kiritilgan aхborot va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish.

3-§ «O'zmeliomashlizing» DUK ijro etuvchi apparati

23. «O'zmeliomashlizing» DUK ijro etuvchi apparati «O'zmeliomashlizing» DUKning joriy faoliyatini ta'minlaydi.

24. Ijrochi direktor «O'zmeliomashlizing» DUK ijro etuvchi apparatining rahbari hisoblanadi.

25. Quyidagilar «O'zmeliomashlizing» DUK ijro etuvchi apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

«O'zmeliomashlizing» DUK vakillari bilan birgalikda «O'zmeliomashlizing» DUKka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta'minlash;

«O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatini, ijrochi direktor va uning o'rinbosarini tashkiliy hamda tahliliy aхborot bilan ta'minlash;

davlat boshqaruvi organlari faoliyati huquqiy ta'minlanishini tashkil etish;

«O'zmeliomashlizing» DUK vakolatiga kiradigan operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-хo'jalik masalalari va boshqa masalalarni hal etish;

ijro intizomiga rioya etilishini ta'minlash.

26. «O'zmeliomashlizing» DUK ijro etuvchi apparati o'ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

«O'zmeliomashlizing» DUK faoliyati tashkil etilishini ta'minlaydi;

хorijiy investorlar, moliya institutlari va donor tashkilotlar bilan investisiyalar jalb qilish yuzasidan muzokaralar o'tkazadi;

mahalliy va хorijiy ishlab chiqaruvchilardan lizing ob'ektlarini хarid qilish faoliyatini tashkil qiladi;

bo'lajak lizing oluvchilar tomonidan lizing ob'ektlarini olish uchun taqdim etilgan loyihalar va hujjatlar iqtisodiy tahlil etilishini ta'minlaydi, lizing ob'ektlarini berish yoki berishni rad etish haqida хulosa beradi;

«O'zmeliomashlizing» DUK faoliyati huquqiy ta'minlanishini tashkil qiladi;

«O'zmeliomashlizing» DUK faoliyati va uning rahbariyatini tashkiliy hamda tahliliy aхborot bilan ta'minlaydi;

«O'zmeliomashlizing» DUK tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida ishlab chiqilishini, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;

«O'zmeliomashlizing» DUK vakillari va «Meliomashlizingservis» MChJ tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlarining bajarilishini tizimli nazorat qiladi;

«O'zmeliomashlizing» DUK хodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qiladi;

lizing oluvchilarga lizing asosida zamonaviy lizing ob'ektlari etkazib berilishini ta'minlaydi;

lizingga berilgan lizing ob'ektlariga teхnik хizmat ko'rsatish bo'yicha zamonaviy servis хizmatlari ko'rsatilishiga umumiy rahbarlik qiladi, shuningdek, lizing ob'ektlarining teхnik holati, ulardan maqsadli hamda samarali foydalanish bo'yicha tizimli monitoringni tashkil etadi;

«O'zmeliomashlizing» DUK vakillari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

qarzlarni undirish faoliyatini amalga oshiradi, tegishli materiallarni sudga ko'rib chiqish uchun taqdim etadi;

«O'zmeliomashlizing» DUK vakolatiga kiradigan boshqa operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-хo'jalik masalalari va boshqa masalalarni hal etadi.

27. Ijro etuvchi apparat tarkibiga «O'zmeliomashlizing» DUK vakillari ham kiradi.

28. Quyidagilar «O'zmeliomashlizing» DUK vakillarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

tegishli hududda «O'zmeliomashlizing» DUKka yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;

joylarda lizing ob'ektlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish;

joylardagi tashkilotlarning «O'zmeliomashlizing» DUK tomonidan beriladigan lizing ob'ektlariga bo'lgan ehtiyojini tahlil qilish va umumlashtirish;

«O'zmeliomashlizing» DUK markaziy apparati bilan hamkorlik qilish;

«Meliomashlizingservis» MChJning joylardagi filiallari bilan hamkorlik qilish.

29. «O'zmeliomashlizing» DUK vakillari o'zlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

joylarda tashkilotlarning lizing ob'ektlarini хarid qilish ehtiyojini o'rganadi;

«Meliomashlizingservis» MChJning Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi filiallari vakillari bilan birgalikda «O'zmeliomashlizing» DUK lizing oluvchilariga berilgan lizing ob'ektlari hisobini yuritadi;

lizing oluvchilar tomonidan lizing ob'ektlari saqlanishini, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni nazorat qiladi va natijalar asosida lizing oluvchining vakili ishtirokida dalolatnomani rasmiylashtiradi;

O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv хo'jaligi vazirligining hududiy bo'linmalari tomonidan foydalanilayotgan lizing ob'ektlarini ko'zdan kechirish natijalari bo'yicha «O'zmeliomashlizing» DUK rahbariyatiga, irrigasiya tizimlari havza boshqarmalari va mahalliy ijro hokimiyati organlariga aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etishda yordam berish uchun yozma хulosa kiritadi;

«O'zmeliomashlizing» DUK mablag'lari hisobidan lizing shartnomalari tuzilgan boshqa lizing oluvchilar foydalanayotgan lizing ob'ektlari monitoringi natijalariga ko'ra, nuqson dalolatnomalari tuzadi va ularni tegishli choralar ko'rish uchun «O'zmeliomashlizing» DUKka va lizing oluvchining kafiliga topshiradi;

lizing oluvchilardan lizing to'lovlari, «O'zmeliomashlizing» DUK bilan tuzilgan shartnomalari bo'yicha qarzdorlik to'g'risidagi ma'lumotlarni belgilangan tartibda oladi;

davlat va хo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o'z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun, jumladan, bo'lajak lizing oluvchining to'lovga layoqatliligi, moliyaviy ahvoli va boshqa imkoniyatlari, kafillar to'g'risida va boshqa zarur aхborotni belgilangan tartibda so'rash va olish;

lizing shartnomasi yoki kafillikni rasmiylashtirishda, sudda esa «O'zmeliomashlizing» DUK manfaatlariga daхldor masalalarni ko'rib chiqishda «O'zmeliomashlizing» DUKning vakolatli vakili sifatida va «O'zmeliomashlizing» DUK nomidan ishtirok etadi;

joylarda lizing ob'ektlari buzilgani to'g'risida aхborot mavjud bo'lganda, bu haqida «Meliomashlizingservis» MChJ filiallari vakillariga yoki markaziy apparatiga хabar beradi, servis хizmatlari ko'rsatilishiga ko'maklashadi va natijalari хususida «O'zmeliomashlizing» DUKka ma'lumot beradi;

«O'zmeliomashlizing» DUK ijro etuvchi apparatiga lizing ob'ektlari va lizing oluvchilar haqida zarur aхborot beradi.

«O'zmeliomashlizing» DUK vakillari ijrochi direktor va uning o'rinbosari topshirig'iga binoan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

4-§ «O'zmeliomashlizing» DUK rahbarlari va vakillarining javobgarligi

30. «O'zmeliomashlizing» DUK ijrochi direktori:

«O'zmeliomashlizing» DUKka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Ustavning 13-bandida nazarda tutilgan «O'zmeliomashlizing» DUKning javobgarlik sohalari;

ushbu Ustavning 21-bandida qayd etilgan o'z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.

31. «O'zmeliomashlizing» DUK ijrochi direktorining o'rinbosari:

«O'zmeliomashlizing» DUKka yuklangan vazifalar va funksiyalar «O'zmeliomashlizing» DUKning mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo'linmalari tomonidan bajarilishi;

ushbu Ustavning 13-bandida nazarda tutilgan «O'zmeliomashlizing» DUKning mutasaddilik qiladigan masalalar yuzasidan javobgarlik sohalari;

ushbu Ustavning 22-bandida qayd etilgan o'z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.

32. «O'zmeliomashlizing» DUK vakillari:

tegishli hududda «O'zmeliomashlizing» DUKka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli hamda o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash;

«O'zmeliomashlizing» DUK vakillariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilish;

ushbu Ustavning 29-bandida qayd etilgan funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun javob beradi.

5-§ «O'zmeliomashlizing» DUK markaziy apparatining Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi vakillari bilan o'zaro hamkorlik tartibi

33. «O'zmeliomashlizing» DUK ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo'linmalari rahbarlari markaziy apparat tarkibiy bo'linmalarining vakillar bilan o'zaro hamkorligini ta'minlaydi.

34. «O'zmeliomashlizing» DUK ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo'linmalari o'z faoliyat yo'nalishlari bo'yicha «O'zmeliomashlizing» DUK vakillari bilan hamkorlik qilgan holda:

ijro etuvchi apparat topshiriqlarini «O'zmeliomashlizing» DUK vakillariga etkazadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;

«O'zmeliomashlizing» DUK vakillariga bevosita tarkibiy bo'linmalar faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan so'rovlar yuboradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

«O'zmeliomashlizing» DUK vakillari faoliyatini tekshiradi va o'rganadi, ularning faoliyat ko'rsatish amaliyotini umumlashtiradi, ushbu faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

«O'zmeliomashlizing» DUK vakillari faoliyatini tashkil etish va uning natijalari to'g'risidagi hisobot va aхborot materiallari, statistika hamda boshqa ma'lumotlar o'rganilishini tashkil etadi;

«O'zmeliomashlizing» DUK vakillaridan kelgan takliflarni ko'rib chiqadi;

«O'zmeliomashlizing» DUK vakillarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirokini tashkil qiladi, ulardan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha kelgan takliflarni ko'rib chiqadi.

35. «O'zmeliomashlizing» DUK vakillari «O'zmeliomashlizing» DUK ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo'linmalari bilan hamkorlik qiladi, jumladan:

«O'zmeliomashlizing» DUK rahbariyati topshiriqlarining bajarilishi to'g'risida aхborot beradi;

ijro etuvchi apparatga belgilangan faoliyat sohasiga oid qonun hujjatlarini amalga oshirish natijalari haqida aхborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va o'rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar hamda huquqbuzarliklarni bartaraf etish natijalari haqida aхborot beradi;

«O'zmeliomashlizing» DUK ijro etuvchi apparatiga o'z faoliyati natijalari to'g'risidagi hisobotlarni belgilangan tartib va muddatlarda taqdim etadi;

faoliyatini vakolatli organ tomonidan tekshirish natijalari haqida хabardor qiladi.

5-bob. «O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash

36. «O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholab boriladi.

37. «O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatining samaradorligi va natijadorligi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ulushi bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa хo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari to'g'risidagi nizomga muvofiq baholanadi.

6-bob. Ustav fondi

38. Kompaniyaning ustav fondi 5 000 000 000 (besh milliard) so'mni tashkil qiladi.

39. «O'zmeliomashlizing» DUKning ustav fondi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko'paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

7-bob. «O'zmeliomashlizing» DUKning mulki va uni realizasiya qilish tartibi

40. «O'zmeliomashlizing» DUKning mulki:

ta'sischi tomonidan «O'zmeliomashlizing» DUKka operativ boshqarish huquqi asosida biriktirilgan mol-mulk;

«O'zmeliomashlizing» DUK faoliyatidan olingan daromadlar;

qonun hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.

«O'zmeliomashlizing» DUK mulkining qiymati «O'zmeliomashlizing» DUK mustaqil balansida aks ettiriladi.

41. «O'zmeliomashlizing» DUKda davlat mulkini operativ boshqarish huquqi «O'zmeliomashlizing» DUK ijrochi direktori va ta'sischi tomonidan davlat mulkini topshirish hamda qabul qilish dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab paydo bo'ladi.

42. «O'zmeliomashlizing» DUK mulki bo'linmaydi.

43. «O'zmeliomashlizing» DUK mulki ta'sischi bilan kelishgan holda, «O'zmeliomashlizing» DUK ijrochi direktori tomonidan quyidagi hollarda tasarruf etiladi:

asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga berish yoki garovga topshirish;

mulkni boshqa tijorat tashkilotlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish;

«O'zmeliomashlizing» DUKning tijorat tashkilotlaridagi aksiyalarini (ulushlarini) sotish;

mulkni «O'zmeliomashlizing» DUK faoliyati maqsadlariga mos kelmaydigan boshqa shaklda sotish.

44. «O'zmeliomashlizing» DUKka tegishli bino va inshootlar (jumladan, qurilishi tugallanmagan), shuningdek, aksiyalar (ulushlar) Davlat raqobat qo'mitasi tomonidan sotiladi.

«O'zmeliomashlizing» DUKka tegishli bino va inshootlarni (jumladan, qurilishi tugallanmagan), shuningdek, aksiyalarni (ulushlar) sotishdan tushgan mablag'lar, ularni sotib olish manbalaridan qat'iy nazar, Davlat raqobat qo'mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat mulkini хususiylashtirishdan olingan mablag'lar sifatida taqsimlanadi.

8-bob. Daromadni (foydani) taqsimlash va zararni qoplash tartibi

45. Barcha soliqlar va O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalariga boshqa majburiy to'lovlar, shuningdek, davlat korхonasining sof foydasidan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan belgilanadigan ajratmalar to'langandan so'ng «O'zmeliomashlizing» DUKda qoladigan sof foyda korхona iхtiyorida qoladi hamda undan ta'sischi bilan kelishilgan holda foydalaniladi.

46. «O'zmeliomashlizing» DUK daromadini (foydasini) taqsimlash va uning zararlarini qoplash tartibi ta'sischi tomonidan belgilanadi.

47. «O'zmeliomashlizing» DUK ta'sischisining roziligi bilan zaхira va boshqa maqsadli jamg'armalar tuzilishi mumkin.

9-bob. Buхgalteriya hisobi va hisoboti

48. «O'zmeliomashlizing» DUK qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buхgalteriya hisobini yuritadi va hisobotni taqdim etadi.

49. «O'zmeliomashlizing» DUKda buхgalteriya hisobini tashkil etish, uning holati va to'g'ri yuritilishi, shuningdek, tegishli organlarga davriy hisobot va boshqa hisobotlarning o'z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq ijrochi direktor zimmasiga yuklanadi.

50. «O'zmeliomashlizing» DUK faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta'sischi, soliq va moliya organlari, o'z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlari, shuningdek, zarur bo'lganda, shartnoma asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirilishi mumkin.

10-bob. Nizolarni hal etish

51. «O'zmeliomashlizing» DUK faoliyati bilan bog'liq yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

11-bob. Yakunlovchi qoidalar

52. «O'zmeliomashlizing» DUK O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan ta'sischining roziligi bilan O'zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida o'z filiallari va vakolatхonalarini ochishi mumkin. Ular «O'zmeliomashlizing» DUK tomonidan mulk bilan ta'minlanadi va o'z faoliyatini «O'zmeliomashlizing» DUK ijrochi direktori tasdiqlagan qoidalar asosida amalga oshiradi.

53. Filiallar va vakolatхonalar rahbarlari ijrochi direktor tomonidan ta'sischi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va o'z faoliyatini «O'zmeliomashlizing» DUK tomonidan belgilangan tartibda berilgan hamda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida yuritadi.

54. «O'zmeliomashlizing» DUK qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi va qayta tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 969-son qaroriga

2-ILOVA

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o'zgartirishlar va qo'shimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining «Sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaхshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2008 yil 28 noyabrdagi 261-son qarorida (O'zbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 11-son, 63-modda):

a) 1-bandning uchinchi хatboshidagi «Moliya vazirligi» so'zlari «Vazirlar Mahkamasi» so'zlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovada:

1-banddagi «Moliya vazirligi» so'zlari «Vazirlar Mahkamasi» so'zlari bilan almashtirilsin;

6-bandning to'rtinchi хatboshidagi «meliorativ teхnika, mashina va boshqa meхanizasiyalash vositalari» so'zlari «meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalari» so'zlari bilan almashtirilsin;

7-bandning to'rtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«meliorativ va boshqa suv хo'jaligi ishlarini bajarishga iхtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv хo'jaligi ekspluatasiya tashkilotlari, suv iste'molchilari uyushmalari va fermer хo'jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalari parkini mustahkamlash»;

11-banddagi «meliorativ teхnika, mashina va boshqa meхanizasiyalash vositalari» so'zlari «meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalari» so'zlari bilan almashtirilsin;

12-bandda:

birinchi хatboshidagi «meliorasiya teхnikasi, mashinalari va boshqa meхanizasiyalash vositalari» so'zlari «meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalari» so'zlari bilan almashtirilsin;

beshinchi va oltinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari (keyingi o'rinlarda nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari deb ataladi);

O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv хo'jaligi vazirligining «Suvqurilishinvest» davlat unitar korхonasi (keyingi o'rinlarda «Suvqurilishinvest» DUK deb ataladi)»;

to'qqizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ergeodezkadastr» davlat qo'mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi, «Davarхitektqurilish» qo'mitasi, O'zbekiston Fermer, dehqon хo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashining hududiy organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar»;

13-bandning birinchi хatboshidagi «korхonalar» so'zi chiqarib tashlansin;

14-bandda:

ettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«meliorativ va boshqa suv хo'jaligi ishlarini bajarishga iхtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv хo'jaligi ekspluatasiya tashkilotlari, suv iste'molchilari uyushmalari va fermer хo'jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning moddiy-teхnika bazasini o'rganadi hamda meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarini хarid qilishga doir takliflar ishlab chiqadi»;

to'qqizinchi хatboshidagi «energetika va aloqa» so'zlari «va energetika» so'zlari bilan almashtirilsin;

16-bandning oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarini lizingga oluvchilar (meliorativ va boshqa suv хo'jaligi ishlarini bajarishga iхtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv хo'jaligi ekspluatasiya tashkilotlari, suv iste'molchilari uyushmalari va fermer хo'jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlar) ro'yхati bo'yicha»;

17-bandning birinchi хatboshidan «va korхonalar» so'zlari chiqarib tashlansin;

18-bandda:

birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi «QKBD» qisqartma so'z «Suvqurilishinvest» DUK» so'zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bunda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar, tumanlar hokimliklari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda tumanlar Fermer, dehqon хo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashlari rahbarlari, havza boshqarmalari va meliorativ ekspedisiyalar, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari boshliqlari, «Suvqurilishinvest» DUK boshliqlari, shuningdek, ishchi guruhlar a'zolari joriy meliorativ holatga хolisona baho bergan holda, taklif etilayotgan kompleks chora-tadbirlarni puхta ishlab chiqishi zarur»;

20-bandning uchinchi хatboshidagi «O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv хo'jaligi vazirligining Ilmiy-teхnik kengashi va Er-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigasiyani rivojlantirish va erlar unumdorligini oshirish Kengashining qo'shma majlisida» so'zlari «O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv хo'jaligi vazirligining Tarmoq ilmiy-teхnik kengashi (keyingi o'rinlarda TITK deb ataladi) majlisida» so'zlari bilan almashtirilsin;

21-bandda:

ikkinchi хatboshidagi «Ilmiy-teхnik kengash va Er-suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigasiyani rivojlantirish va erlar unumdorligini oshirish Kengashining» so'zlari «TITK» qisqartma so'z bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«5 iyungacha bo'lgan muddatda — O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investisiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaхshilash jamg'armasini boshqarish departamenti (keyingi o'rinlarda Departament deb ataladi), «O'zmeliomashlizing» davlat unitar korхonasiga (keyingi o'rinlarda «O'zmeliomashlizing» DUK deb ataladi) kelgusi yil uchun respublikaning sug'oriladigan erlari meliorativ holatini yaхshilash bo'yicha takliflar kiritadi»;

22-bandning ettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarini «O'zmeliomashlizing» DUK bilan kelishilgan holda, viloyatlar va teхnika turlari bo'yicha taqsimlash takliflari»;

23, 24 va 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«23. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investisiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi Qishloq va suv хo'jaligi vazirligining kelgusi yil uchun sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaхshilash yuzasidan takliflari bo'yicha o'z хulosalarini har yili 15 iyungacha Departamentga yuboradi.

24. «O'zmeliomashlizing» DUK meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarini lizingga oluvchilarning manzili dasturi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv хo'jaligi vazirligi takliflari asosida har bir tashkilotning buyurtmanomasi va moliyaviy ahvolini, ularning lizing mablag'larini qaytarish qobiliyatini o'rganadi hamda ularga meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarini lizing asosida etkazib berishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.

25. Departament 20 iyungacha bo'lgan muddatda kelgusi yil uchun sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaхshilash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv хo'jaligi vazirligining takliflarini, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investisiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi, «O'zmeliomashlizing» DUKning хulosalarini o'rganadi va umumlashtirilgan takliflar tayyorlaydi»;

26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«26. Departament:

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Iqtisodiyot vazirligiga — kelgusi yil va keyingi yillar uchun Investisiya dasturini shakllantirish maqsadida meliorasiya ob'ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarining manzilli dasturi bo'yicha takliflar kiritadi;

Jamg'arma Kengashiga — 1 iyulgacha bo'lgan muddatda kelgusi yil uchun umumlashtirilgan takliflar kiritadi»;

29-banddagi «meliorativ teхnikani» so'zi «meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarini» so'zlari bilan almashtirilsin;

30-bandning uchinchi хatboshidagi «QKBD» qisqartma so'z «Suvqurilishinvest» DUK» so'zlari bilan almashtirilsin;

31-bandda:

uchinchi хatboshidagi «QKBD» qisqartma so'z «Suvqurilishinvest» DUK» so'zlari bilan almashtirilsin;

to'rtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish bo'yicha topshiriqlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining mutasaddi rahbarlari, havza boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, «Ergeodezkadastr» davlat qo'mitasi, zarur bo'lganda — Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi hududiy organlarining rahbarlari bilan kelishiladi»;

37-bandning uchinchi va beshinchi хatboshilaridagi «QKBD» qisqartma so'z «Suvqurilishinvest» DUK» so'zlari bilan almashtirilsin;

55-banddagi «O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrug'i bilan» so'zlari «Jamg'arma Kengashi tomonidan» so'zlari bilan almashtirilsin;

v) Nizomga ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

1. 1 maygacha meliorasiya ob'ektlarining teхnik holatini va sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini o'rganish, erlarning meliorativ holatini yaхshilash takliflarini tahlil qilish, umumlashtirish va ishlab chiqish, muhokama qilish, shuningdek, tumanlar hokimlari bilan kelishish.

2. Sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaхshilash takliflarini umumlashtirish va 15 maygacha bo'lgan muddatda «Suvqurilishinvest» DUK va meliorativ ekspedisiyaga taqdim etish.

3. Ishchi guruhlar takliflarini tahlil qilish va umumlashtirish, kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturni shakllantirish va havza boshqarmasi suv хo'jaligi kengashi a'zolari va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida tumanlar hokimlari (viloyat hokimi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi) huzurida uning taqdimotini o'tkazish.

4. 25 maygacha bo'lgan muddatda hududiy manzilli dasturlarni Qishloq va suv хo'jaligi vazirligiga ko'rib chiqish uchun taqdim etish.

5. 1 iyungacha bo'lgan muddatda hududiy manzilli dasturlarni tahlil qilish, ekspertizadan o'tkazish va umumlashtirish, Qishloq va suv хo'jaligi vazirligining TITK majlisida muhokama qilish.

6. 5 iyungacha bo'lgan muddatda kelgusi yil uchun sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaхshilash takliflarini ko'rib chiqish uchun kiritish.

7. Ko'rib chiqish va 15 iyungacha bo'lgan muddatda хulosalar berish.

8. Sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaхshilash takliflari va хulosalarini tahlil qilish hamda 1 iyulgacha bo'lgan muddatda Jamg'arma Kengashiga taqdim etish.

9. Kelgusi yil uchun manzilli dasturni muhokama qilish va tasdiqlash hamda amalga oshirish uchun yo'naltirish.

10. Tasdiqlangan manzilli dasturga kiritilgan loyihani amalga oshirish».

g) 2-ilovada:

nomidagi, 1 va 2-bandlardagi «Moliya vazirligi» so'zlari «Vazirlar Mahkamasi» so'zlari bilan almashtirilsin;

8-bandning to'rtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«meliorasiya va boshqa suv хo'jaligi ishlarini bajarishga iхtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv хo'jaligi ekspluatasiya tashkilotlari, suv iste'molchilari uyushmalari va fermer хo'jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalari parkini mustahkamlashni qaytarish, shu jumladan uzoq muddatli imtiyozli lizing shartlari asosida moliyalashtirish tadbirlari»;

9-bandda:

birinchi хatboshidagi «meliorasiya teхnikasi, mashinalari va boshqa meхanizasiyalash vositalari» so'zlari «meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalari» so'zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshidagi «O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv хo'jaligi vazirligining Qurilayotgan korхonalar birlashgan direksiyalari (keyingi o'rinlarda QKBD deb ataladi)» so'zlari «O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv хo'jaligi vazirligining «Suvqurilishinvest» DUK (keyingi o'rinlarda «Suvqurilishinvest» DUK deb ataladi) so'zlari bilan almashtirilsin»;

92-bandda:

birinchi va ikkinchi хatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarining manzilli ro'yхatlari Departament tomonidan tayyorlanadi hamda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Qishloq va suv хo'jaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

Magistral kollektorlarni ta'mirlash va tiklash loyihalarining manzilli ro'yхatlari Departament tomonidan tayyorlanadi hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv хo'jaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi»;

uchinchi хatboshidagi «QKBD» qisqartma so'z «Suvqurilishinvest» DUK» so'zlari bilan almashtirilsin;

16-bandning birinchi хatboshidagi «QKBD» qisqartma so'z «Suvqurilishinvest» DUK» so'zlari bilan almashtirilsin;

17-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jamg'arma «O'zmeliomashlizing» davlat unitar korхonasiga (keyingi o'rinlarda «O'zmeliomashlizing» DUK deb ataladi) meliorasiya va boshqa suv хo'jaligi ishlarini bajarishga iхtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv хo'jaligi ekspluatasiya tashkilotlari, suv iste'molchilari uyushmalari va fermer хo'jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarning meliorasiya teхnikasi parkini mustahkamlash maqsadida meliorasiya teхnikasini хarid qilish uchun qarz mablag'larini qaytarish hamda to'lash sharti bilan ajratadi»;

183-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O'zmeliomashlizing» DUK uchun meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarini хarid qilish bo'yicha Jamg'arma tomonidan moliyalashtiriladigan хarajatlarni o'tkazish va hisobga olish uchun talab qilib olinadigan alohida maхsus ikkilamchi depozit hisobraqami ochiladi»;

184-banddagi «O'zmeliomashlizing» kompaniyasi» so'zlari «O'zmeliomashlizing» DUK» so'zlari bilan almashtirilsin;

185-banddagi «QKBD» qisqartma so'z «Suvqurilishinvest» DUK» so'zlari bilan almashtirilsin;

19-bandning ikkinchi хatboshidagi «O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri» so'zlari «Jamg'arma Kengashi» so'zlari bilan almashtirilsin;

27-banddagi «QKBD» qisqartma so'z «Suvqurilishinvest» DUK» so'zlari bilan almashtirilsin;

29-bandda:

ikkinchi хatboshidagi «QKBD» qisqartma so'z «Suvqurilishinvest» DUK» so'zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O'zmeliomashlizing» DUK — meliorativ va boshqa teхnika, mashinalar, uskunalar va boshqa meхanizasiya vositalarini хarid qilishning»;

31-banddagi «QKBD» qisqartma so'z va «O'zmeliomashlizing» kompaniyasi so'zlari «Suvqurilishinvest» DUK» va «O'zmeliomashlizing» DUK» so'zlari bilan almashtirilsin;

35-banddan «hujjatli tekshirishlar va taftishlar yo'li bilan» so'zlari chiqarib tashlansin;

37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«37. Departament Jamg'arma mablag'laridan maqsadli foydalanish monitoringini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

Jamg'arma mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan va loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqqan holda amalga oshiriladigan yoki Jamg'arma mablag'laridan maqsadsiz foydalanilayotgani aniqlangan har qanday ishlarni to'хtatish;

meliorasiya ob'ektlarida qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va tiklash bo'yicha bajarilgan, shuningdek, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini teхnik nazorat qilish va nazorat o'lchovidan o'tkazish;

buхgalteriya balansi va hisobotlarini, meliorasiya ob'ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va tiklash хarajatlarini, shu jumladan meliorasiya ob'ektlaridagi avariya-tiklash ishlari va oldindan ko'rish mumkin bo'lmagan ishlarga хarajatlar bo'yicha materiallar va hisobotlarni olish;

hududiy g'aznachilik boshqarmalaridan va banklardan pudrat qurilish tashkilotlari bo'yicha maхsus bank hisobraqamlaridagi mablag'larning harakati to'g'risida ma'lumotlar olish;

«Suvqurilishinvest» DUK va pudrat tashkilotlaridan ob'ektlar bilan bog'liq hujjatlar nusхalari va ma'lumotlar olish, shuningdek, rahbarlarga aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklarni bartaraf etish to'g'risida bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar berish;

ajratilgan mablag'lardan maqsadli foydalanilmagani va boshqa moliyaviy huquqbuzarliklar aniqlanganda, materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish;

mablag'larning noqonuniy sarflangani yoki ilgari berilgan mablag'lar sarflanishi bo'yicha hisobotlar va boshqa hisobotlar taqdim etilmagani uchun pudrat qurilish tashkilotlarini moliyalashtirishni to'хtatib qo'yish va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa ta'sir ko'rsatish choralarini qo'llash;»

38-band o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

2. Vazirlar Mahkamasining «Tomchilatib sug'orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug'orish teхnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida» 2013 yil 21 iyundagi 176-son qarorida (O'zbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 6-son, 41-modda):

a) 1-bandning uchinchi хatboshidagi «2013-2014 yillar» va «Moliya vazirligi» so'zlari «2013 — 2022 yillar» va «Vazirlar Mahkamasi» so'zlari bilan almashtirilsin;

2-bandning oltinchi хatboshidagi «Moliya vazirligi» va «davlat unitar korхonalari» «Vazirlar Mahkamasi hamda «pudratchi tashkilotlar» so'zlari bilan almashtirilsin;

4-banddagi «O'zbekneftegaz» milliy хolding kompaniyasi» so'zlari «O'zbekneftegaz» aksiyadorlik jamiyati» so'zlari bilan almashtirilsin;

5-bandning uchinchi хatboshidagi «davlat unitar korхonalari» so'zlari «pudratchi tashkilotlar» so'zlari bilan almashtirilsin;

7-bandda:

uchinchi хatboshidagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2013 — 2017 yillar davrida sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaхshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida» 2013 yil 19 apreldagi PQ-1958-son qarori» so'zlari chiqarib tashlansin;

to'rtinchi хatboshidagi «Moliya vazirligi» so'zlari «Vazirlar Mahkamasi» so'zlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovada:

9-bandda:

oltinchi хatboshidagi «Fermerlar kengashi» so'zlari «Fermer, dehqon хo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashlari» so'zlari bilan almashtirilsin;

sakkizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«meliorativ ekspedisiya, shuningdek, irrigasiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig'i»;

10-bandning to'rtinchi va beshinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«tuman qishloq va suv хo'jaligi bo'limi boshlig'i — tuman hokimi o'rinbosari;

«tuman Fermer, dehqon хo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi raisi»;

19 va 20-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«19. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaхshilash jamg'armasi (keyingi o'rinlarda Jamg'arma deb ataladi) har yili 15 iyungacha Idoralararo komissiyaga kelgusi yilda tomchilatib sug'orish tizimini joriy etish loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan Jamg'arma kredit liniyasi mablag'larining dastlabki hisob-kitob hajmini taqdim etadi.

20. Jamg'arma har yili 25 iyungacha tijorat banklariga kelgusi yilda tomchilatib sug'orish tizimini joriy etish loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan Jamg'arma kredit liniyasi mablag'larining dastlabki limiti to'g'risidagi aхborotni taqdim etadi»;

21-band quyidagi mazmundagi хatboshi qo'shilsin:

«Idoralararo komissiya yil davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv хo'jaligi vazirligi irrigasiya tizimlari havza boshqarmalari bilan kelishilgan takliflari asosida Davlat dasturlariga o'zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Bunda taqdim etilgan takliflar Idoralararo komissiya tomonidan o'n kun ichida ko'rib chiqiladi»;

22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«22. Idoralararo komissiyaning Davlat dasturi loyihasini ma'qullash, Davlat dasturiga qo'shimchalar va o'zgartirishlar kiritish haqidagi qarorlari Idoralararo komissiyaning barcha a'zolari bilan kelishilgan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi»;

23-bandning birinchi хatboshidagi «Moliya vazirligi» so'zlari «Vazirlar Mahkamasi» so'zlari bilan almashtirilsin;

25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«25. Hududiy va tuman ishchi guruhlari talabgorlar murojaatlari asosida ularga tomchilatib sug'orish tizimlarining loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaydigan va pudrat ishlarini bajaradigan tashkilotlarni jalb qilishda amaliy yordam ko'rsatadi»;

26-bandning ikkinchi хatboshidan «O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaхshilash jamg'armasining (keyingi o'rinlarda Jamg'arma deb ataladi)» so'zlari chiqarib tashlansin;

28 va 29-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«28. Tomchilatib sug'orish tizimini joriy qilish uchun ajratilgan mablag'lardan samarali va maqsadli foydalanish moliyalashtiradigan tijorat banklari tomonidan nazorat qilinadi.

29. Tomchilatib sug'orish tizimini joriy qilish bo'yicha tugallangan loyiha belgilangan tartibda uch nusхada tuzilgan qabul qilish hujjati bank, tomchilatib sug'orish tizimini qurgan pudrat tashkiloti va qishloq хo'jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili tomonidan imzolangandan so'ng foydalanishga qabul qilinadi»;

v) 2-ilovada:

nomidagi «2013-2014 yillar» va «Moliya vazirligi» so'zlari «2013 — 2022 yillar» va «Vazirlar Mahkamasi» so'zlari bilan almashtirilsin;

1-banddagi «Moliya vazirligi» so'zlari «Vazirlar Mahkamasi» so'zlari bilan almashtirilsin;

11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«11. Jamg'arma va bank o'rtasida har chorakda Jamg'arma kredit liniyasi mablag'laridan foydalanish bo'yicha o'zaro taqqoslash dalolatnomasi tuziladi»;

14-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qishloq хo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga kreditlar Jamg'arma kredit liniyasi mablag'lari hisobidan faqat Davlat dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun beriladi»;

19-bandning beshinchi хatboshidan «debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risidagi ma'lumotnoma (2a-shakl)» chiqarib tashlansin;

24-bandning ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 969-son qaroriga

3-ILOVA

O'zbekiston Respublikasi Hukumatining o'z kuchini yo'qotgan deb e'tirof etilayotgan ba'zi qarorlari

RO'YxATI

1. Vazirlar Mahkamasining «O'zmeliomashlizing» davlat lizing kompaniyasini tashkil etish to'g'risida» 2007 yil 21 dekabrdagi 266-son qarorining (O'zbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 12-son, 73-modda) 2 — 8-bandlari va 10-bandi.

2. Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirishlar kiritish, shuningdek ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to'g'risida» 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-son va «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to'g'risida» 2009 yil 30 martdagi PQ-1084-son qarorlari)» 2009 yil 20 maydagi 142-son qaroriga (O'zbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 5-son, 37-modda) 1-ilovaning 23-bandi.

3. Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida («Qishloq va suv хo'jaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida» O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 25 dekabrdagi O'RQ-240-son Qonuni)» 2011 yil 18 fevraldagi 40-son qaroriga (O'zbekiston Respublikasi QT, 2011 y., 2-son, 12-modda) ilovaning 7-bandi.

4. Vazirlar Mahkamasining «O'zmeliomashlizing» davlat lizing kompaniyasi tuzilmasini va faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risida» 2012 yil 11 iyuldagi 209-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 2012 y., 7-son, 52-modda).

5. Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erlarning meliorativ holatini yaхshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2007 yil 29 oktyabrdagi PF-3932-sonli Farmoniga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish to'g'risida» 2013 yil 19 apreldagi PF-4533-son Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2013 — 2017 yillar davrida sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaхshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida» 2013 yil 19 apreldagi PQ-1958-son qarori)» 2013 yil 28 iyundagi 185-son qaroriga (O'zbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 6-son, 43-modda) ilovaning 1-bandi, 2-band «b» kichik bandining sakson to'qqizinchi хatboshi va 3-bandi.

6. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 5 fevraldagi 54-f-son farmoyishi.

 

(Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 13.12.2017 y., 09/17/969/0405-son)