Savol:Lizing xizmati monitoringiga qanday talablar qo‘yiladi?
JavobMonitoring qilish tizimi quyidagilarni nazarda tutadi:
- dastlabki joyida amalga oshiriladigan monitoring – ko‘rsatilayotgan lizing xizmatining kompaniya funksiyalariga mosligi nuktai nazaridan tashkil etiladi.
- joriy monitoring – lizing hujjatlarining to‘liqligi, lizing xizmati ko‘rsatilishining qonuniyligi (lizing ob’ektining yetkazib berilishi) ni o‘rganish maqsadida tashkil etiladi. Monitoring jarayonida lizing foizlari va grafik to‘lovlari, biznes-reja ko‘rsatkichining bajarilishi, qarzdorning moliyaviy holati (xususan, kafil tashkilot) nazoratga olinadi. To‘lovlar kechikishga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan taqdirda lizing ob’ektini muddatidan oldin qaytarish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni kamrab oladi.
- keyingi texnik monitoring - lizing ob’ektidan foydalanish, ta’minot mulkining butligi va saqlanish holatini to‘lik qamrab oladi.