Savol:Texnik monitoring qanday tashkil etiladi?
JavobTexnik monitoring quyidagicha tashkil etiladi:
- lizing ob’ektining texnik holati (butligi, sozligi) va lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berib yuborilmagani;
- lizing oluvchining lizing ob’ektidan uning maqsadli va ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan texnik talablar me’yorlari doirasida foydalanayotgani;
- belgilangan muddatlarda lizing ob’ektiga texnik servis xizmatlari yoki kapital-joriy ta’mirlashni amalga oshirayotgani;
- lizing ob’ektining konstruksiyasiga vakolatli organ yoki lizing beruvchining ruxsatisiz texnik o‘zgartirishlar kiritilmagani;
- lizing ob’ektidan moto-hisoblagichni ataylab buzgan holda foydalanilmayotgani;
- o‘rnatilgan GPS qurilmasini ishchi yoki nosoz holatda ekanligi;
- lizing ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani va yagona nomer belgisi olingani, agar ushbu rusumdagi texnikalar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish va yagona nomer belgisining olinishi shartligi amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lsa olinishi.
- lizing ob’ektini o‘rnatilgan talablar darajasida saqlanayotgani;
- lizing oluvchi tomonidan lizing ob’ektini tegishlicha boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxsga topshirilgan;
- lizing oluvchi tomonidan lizing ob’ekti uchun lizing shartnomasida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing to‘lovlarining to‘lanayotgani.
- Lizing shartnomasida taraflarning kelishuviga muvofiq texnik monitoring predmetining boshqa yo‘nalishlari ham nazarda tutilishi mumkin. Texnik monitoring jarayonida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf qilmagan lizing oluvchiga nisbatan lizing beruvchi qonunchilik va lizing shartnomasida nazarda tutilgan choralarni qo‘llashga haqli.