Savol va Javoblar

Savol:Lizingga berish tartibi qanday?
Javob

Lizing ob’ektini lizingga berish ikki xil tartibda amalga oshiriladi:
Davlat dasturi asosida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan lizing munosabatlarida lizing oluvchi tomonidan oldindan to‘lanadigan bo‘nak to‘lovlari lizingga beriladigan texnika qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorini tashkil etishi lozim. Kompaniyaning o‘z mablag‘lari, jalb etilgan mablag‘lar yoki boshqa manba mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan lizing munosabatlarida esa oldindan to‘lanadigan bo‘nak to‘lovlari lizingga beriladigan texnika qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etishi lozim.