“Oʼzmeliomashlizing” davlat unitar korxonasining 2023 yilning asosiy natijalari hamda 2024 yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar toʼgʼrisida

2024-02-28 00:00:00

 

I. 2023 yilning asosiy natijalari, yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish boʼyicha koʼrilgan choralar.

1. 2023 yilda tarmoq, soha, yo’nalishlar va hududlarni rivojlantirish bo’yicha erishilgan asosiy ko’rsatkichlar.

Birinchi – umumiy qiymati 12,2 mlrd. so’mlik 17 ta meliorativ texnika, mashina va mexanizmlar yetkazib berilib, 109,1 % o’sishga erishildi.

Ikkinchi – lizing asosida yetkazib berilgan texnikalarni lizing oluvchi tashkilotlar tomonidan maqsadli ishlatilishi, toʼgʼri foydalanilishi, lizing toʼlovlarini oʼz vaqtida qaytarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borildi, bu tadbirlar Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Аndijon va Namangan viloyatlarida maqsadli oʼrganildi. Korxona hisob raqamiga 47,2 mlrd. soʼm lizing toʼlovlari undirildi. Reja 105 foizga bajarildi.

Uchinchi – Lizingga yetkazib berilgan texnikalarni texnik holatini maqsadli va samarali foydalanilishini tizimli monitoring qilish maqsadida 956 ta texnika koʼrib chiqildi. Reja 100 foiz bajarildi.

Toʼrtinchi – respublika byudjetiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan imzolangan shartnomalar asosida 29,6 mlrd soʼm mablagʼ qaytarildi. Reja 100 foiz bajarildi.

II. 2024 yilda amalga oshiriladigan vazifalar doirasida alohida e'tibor qaratish zarur bo’lgan yo’nalishlar:

1. 2024 yil va I chorakda soha, tarmoq va yo‘nalishlar bo‘yicha erishiladigan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar.

Birinchi – umumiy qiymati 13,4 mlrd. so‘mlik 19 ta meliorativ texnika, mashina va mexanizmlar yetkazib beriladi. (2023 yilga nisbatan 110 %).

Ikkinchi – lizing asosida yetkazib berilgan texnikalarni lizing oluvchi tashkilotlar tomonidan maqsadli ishlatilishi, to’g’ri foydalanilishi, lizing to’lovlarini o’z vaqtida qaytarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boriladi, bu tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida maqsadli o’rganiladi. Korxona hisob raqamiga 49,2 mlrd. so’m lizing to’lovlari undiriladi. (2023 yilga nisbatan 105 %).

Uchinchi – Lizingga yetkazib berilgan texnikalarni texnik holatini maqsadli va samarali foydalanilishini tizimli monitoring qilish maqsadida 975 ta texnika ko’rib chiqiladi. Monitoring qilish rejasi 100 foizga yetkaziladi.

To’rtinchi –respublika byudjetiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan imzolangan shartnomalar asosida 26,6 mlrd so’m mablag’ qaytariladi. Grafikdagi majburiyatlar 100 foiz bajarilishi ta'minlanadi.

2. Davlat korxonalarini isloh qilish, transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-102-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2024 yilda “O’zmeliomashlizing” DUK faoliyatini transformatsiya qilish ishlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bilan birgalikda tashkil etiladi.

3. Korxona faoliyatida ijro intizomini kuchaytirish, ularning ish samaradorligini oshirish bilan bog’liq vazifalarni ijro etish uchun samarali ish tizimi tashkil etiladi.

4. Korxona faoliyati ko’rsatikichlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha ko’rilayotgan choralar yuzasidan ommaviy axborot vositalari bilan ochiq-oshkora muloqot tizimi yo’lga qo’yiladi.