Monitoring 2024 Qoraqalpog’iston Respublikasi
2024-03-12 00:00:00
“O’zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi tomonidan 2024 yil uchun tasdiqlangan monitoring grafigiga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasidagi meliorativ va boshqa suv xo’jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish korxonalari, suv xo’jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanish uyushmalari va fermer xo’jaliklari, shuningdek boshqa tashkilotlarga lizing asosida yetkazib berilgan texnikalarning maqsadli ishlatilishi monitoring qilindi.
Korxona mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasidagi 10 dan ortiq korxonada jami 50 ga yaqin lizing obyektlari monitoring qilindi. Monitoring jarayonida lizing obyektlarining holati, ularning maqsadli ishlatilishi, texnik ko’rikdan o’tkazilganligi, GPS qurilmasining holati va undan foydalanilayotganligi, texnikaning “Davtexnazorat” inspeksiyasida ro’yxatga olinishi hamda moddiy javobgarlik shartnomasi tuzilganligi, shuningdek, texnik xizmatlar ko’rsatish servis kitoblarining yuritilishi kabi ma’lumotlar o’rganib chiqildi.
O’rganishlar natijasida 2 texnika ta`mirlash jarayonida ekanligi, qolgan barcha lizing texnikalari o’zlariga biriktirilgan obyektlarda soz holatda ishlayotganligi, texnikalarga biriktirilgan mexanik operatorlarning boshqarish guvohnomasi va kerakli barcha hujjatlari joyida ekanligi aniqlandi. Shuningdek mutaxassislar tomonidan moddiy javobgarlik shartnomasini tuzish, texnik xizmatlar ko’rsatish servis kitoblarini to’g’ri yuritishda kamchiliklarga yo’l qo’ygan korxonalar mas`ullariga kerakli tavsiyalar berib o’tildi.
“O’zmeliomashlizing” DUK
Axborot xizmati
Foydali havolalar