24−25-avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
2024-08-25 00:00:00
Mamlakatimizda mustaqillik bayrami munosabati bilan joriy yilning 24−25-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
“Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida o‘tkazilgan hasharda “O‘zmelimashlizing” davlat unitar korxonasi xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Hashardan ko‘zlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iboratdir. Shu maqsadda xodimlarimiz tomonidan korxona joylashgan bino hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hudud chiqindilardan tozalanib, daraxtlar oqlandi va sug‘orildi.
Foydali havolalar