"O‘zmeliomashlizing" DUKda jamoaviy sport klublari faoliyati yo‘lga qo‘yildi

2025-02-24 00:00:00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-sonli Qaroriga muvofiq, “O‘zmeliomashlizing” DUK tomonidan jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va xodimlarni muntazam shug‘ullanishga jalb etish maqsadida “Voleybol”, “Gandbol” va “Basketbol” bo‘yicha sport klublari tashkil etildi.

Joriy yilning 21-fevral sanasida esa poytaxtimizdagi maktablardan birida “Voleybol” sport klubining ilk mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda korxona rahbariyati ham ishtirok etib, sport mashg‘ulotlarini haftada kamida bir marotaba o‘tkazish muhimligini ta’kidladi. Deyarli ikki soat davom etgan mashg‘ulotlar davomida xodimlar faol ishtirok etib, jamoaviy sport mashg‘ulotlarining ahamiyatini his etdilar.

Mazkur tashabbus Prezident Qarori ijrosini ta’minlash bilan birga, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, jamoaviy ruhni shakllantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Shu bois, “O‘zmeliomashlizing” DUK tomonidan kelgusida ham bunday sport mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish rejalashtirilgan.