25-mart — Yer soati kuni

2025-03-25 00:00:00

Joriy yilning 25-mart kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda Yer soati aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida, jumladan “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasida ham elektr energiyasi bir soatga o‘chirildi. Bundan maqsad esa tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoraga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.

Yer soati — bu har yili mart oyining so‘nggida o‘tkaziladigan global ekologik tashabbus bo‘lib, u odamlarni iqlim o‘zgarishi va tabiatni asrash masalalariga e’tibor qaratishga undaydi. Bu kuni butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar, kompaniyalar va tashkilotlar bir soatga yoritish vositalari va elektr energiyasini talab qiladigan asbob-uskunalarni o‘chirishadi.