"Rahbar kubogi”: sog‘lom raqobat
2025-05-26 00:00:00
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi tomonidan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jamoaviylikni mustahkamlash yo‘nalishida qator sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Shu doirada, 2025-yil 24-may kuni Chilonzor tumani 1-sonli politexnikum sport zalida korxona xodimlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda korxona bo‘linmalaridan shakllangan jamoalar ishtirok etdi. O‘yinlar sportga xos halollik, jamoaviylik va do‘stona muhitda o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
[1- o`rin Jasorat jamoasi]
[2-o‘rin Ishonch jamoasi]
G‘olib va sovrindor jamoalar “O‘zmeliomashlizing” rahbariyati tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari va rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandi.
Mazkur sport tadbiri xodimlar salomatligini mustahkamlash, jismoniy faollikni rag‘batlantirish va sog‘lom hayot tarzini keng ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Foydali havolalar