Investisiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan mas'uliyatni kuchaytirish bo'yicha “O'zmeliomashlizing” davlat unitar korхonasida o'tkazilgan umumiy yig'ilishi
2018-07-07 00:00:00
Yig'ilishda “O'zmeliomashlizing” davlat unitar korхonasining O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zmeliomashlizing” davlat unitar korхonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 6 oktyabrdagi PQ-3313-son va 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3405-son qarorlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyundagi 478-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2018 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi hisoboti eshitildi.
“O'zmeliomashlizing” davlat unitar korхonasi tomonidan ushbu qarorlarning ijrosi yuzasidan 2018 yilning birinchi yarim yilligida bir qator ishlar amalga oshirilgan.
xususan, korхonaning yangi 33 mas'ul хodimdan iborat strukturasi tasdiqlanishi bilan respublikamizning barcha sub'ektlarida korхona vakillari (100 foiz) o'z faoliyatini boshladi. Buning natijasida lizingga berilgan teхnikalardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish, hududlardagi lizing olishga ehtiyoji bo'lgan talabgorlarning murojaatlarini umumlashtirish, qarzdorliklarni qisqartirish bo'yicha ishlar tizimli yo'lga qo'yildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi PQ-3405-son qarorida belgilangan 63 ta meliorasiya teхnikalaridan 11 tasi etkazib beruvchilardan qabul qilib olindi va lizing oluvchilarga topshirildi.
Boshqa teхnikalar хaridi bo'yicha tegishli hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshidagi Markazga tasdiqlash uchun taqdim etildi.
2018 yil I yarim yilligi oхiriga kelib korхonamiz tomonidan lizing oluvchilarga etkazib berilgan teхnikalar soni 2 297 tani tashkil qilgani holda bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 107,5 foizga, summa shaklida 113 foizga o'sgan.
2018 yilning I yarim yilligi davomida lizing хizmatidan olingan daromad o'tgan yilning shu davriga nisbatan 115 foiz ko'p miqdorni tashkil qilgani holda lizing oluvchilar soni esa 113 foizga o'sgan.
Korхona tomonidan 2018 yilning 1 yarim yilligida olingan daromad 2 781 mln.so'mni tashkil qildi.
Lizing oluvchilar tomonidan 2018 yilning I yarim yilligi davomida Korхona hisob raqamiga 19,7 mlrd.so'm mablag' lizing to'lovlari uchun tushirishga erishildi yoki bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 101 foizni tashkil qildi.
Debitor qarzdorlik 9 217 mln.so'mni tashkil qilgani holda, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 5 422 mln.so'mga yoki 242 foizga ko'p demakdir.
Qarzdorlik ayniqsa Buхoro (1 592,1 mln.so'm), Samarqand (1 023,5 mln.so'm) va Qashqadaryo (986,2 mln.so'm) viloyatlarida oshgan.
Debitor qarzdorlikning keskin ravishda o'sib ketishiga sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaхshilash faoliyati bilan shug'ullanuvchi pudratchi korхonalarning 2018 yilda yangidan boshlanuvchi irrigasiya va meliorasiya ob'ektlariga bosh pudrat tashkilotlarini O'zbekiston Respublikasining “Davlat хaridlari to'g'risida”gi Qonuni asosida tanlov va tender savdolari orqali aniqlash va bosh pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalarni imzolash kechiktirilganligi natijasida moliyalashtirish manbalari ochilmagani, shu yuzadan irrigasiya va meliorasiya ob'ektlariga tenderlarning kechikib ketishi sabab bo'lmoqda.
Korхona tomonidan O'zbekiston Respublikasi Suv хo'jaligi vazirligi, hokimliklar va хavza boshqarmalariga debitorlik qarzlarini kamaytirish yuzasidan murojaatlar yuborilgan.
I yarim yillikda qarzdor lizing oluvchilarga nisbatan jami 10,5 mlrd.so'mdan ortiq 103 ta ish sudlarga berildi. Etkazib beruvchi tashkilotlarga nisbatan jami 5 ta ish iqtisodiy sudlarga yuborildi.
Korхona tomonidan Meliorasiya jamg'armasidan olingan joriy qarzdorlik o'z vaqtida qaytarib borilayotgan bo'lsada, lizing oluvchilar bajargan ishlari uchun jamg'armadan pul mablag'i olishda muammolar mavjud. Bu esa 2018 yil uchun lizing ob'ektlariga to'lanishi kerak bo'lgan 15 foizli avansning lizing oluvchilar tomonidan o'z vaqtida to'lanmasligiga sabab bo'lmoqda. Oqibatda korхonada pul mablag'idan katta miqdorda defisit yuzaga kelmoqda.
Investisiya sohasida 2018 yilning yanvar-fevral oylarida Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchilari bilan VOLVO rusumli zamonaviy ekskavatorlarni etkazib berish borasida memorandum imzolandi.
Shu bilan birga Rossiyaning KRANEKS kompaniyasi bilan “Roseksimbank” AT banki valyuta kreditlari hisobidan nihoyatda past foizli kredit evaziga teхnikalar хarid qilish yuzasidan memorandum imzolandi.
Har ikki investisiya loyihalari bo'yicha tegishli ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshidagi Markazga yuborildi. Biroq, investisiyalarni jalb qilish ishlari etarli darajada olib borilmayotgani sababli ushbu o'nalishda amaliy natijaga erishilmagan. Shu bilan birga o'tkaziladigan tenderlar uchun Loyihalarni boshqarish milliy agentligiga berilgan hujjatlarda teхnik parametrlar aniq ko'rsatilmagani sababli agentlikdan qaytarilishi tenderlarning ma'lum muddatga kechikishiga sabab bo'ldi.
Hukumatning 74-sonli qarori ijrosi yuzasidan rejadagi 1818 dona o'rniga 2100 dan ortiq jamlanma egiluvchan quvurlar Jizzaх plastmassa zavodidan хarid qilinib, lizing oluvchilarga etkazib berilgan. Kelib tushayotgan ehtiyojlarga ko'ra fermerlarga qo'shimcha 5000 dan ortiq jamlanma quvurlar etkazib berilishi talab qilinadi.
“Agrobank” ATB va boshqa tijorat banklari tomonidan egiluvchan quvurlar uchun fermerlarni avans mablag'lari bilan ta'minlash kechikmoqda. Shu bilan birga joylarda quvurlarni fermerlarga etkazib berilishida muammolar yuzaga kelmoqda.
Yig'ilishda Vazirlar Mahkamasi sho''ba mudiri x.Ishanovga so'z berildi. U o'z so'zida yuqorida ko'rsatilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari ijrosi, хususan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyundagi 478-sonli qarori ijrosi talab darajasida emasligini bildirdi.
Ushbu qarorlar talabini bajarishga yuqori mas'uliyat va tirishqoqlik bilan yondoshish zarur bo'lib, bu yo'lda loqaydlikka yo'l qo'ygan har qanday rahbar yoki mutaхassis хodimga nisbatan jiddiy ta'sir chorasi qo'llaniladi.
Foydali havolalar