Toshkentda innovatsiyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi

2018-10-21 00:00:00

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida 22-26 oktyabr kunlari ilk bor “InnoWeek” innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi, mahalliy va xorijiy yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasa va kompaniyalari, investitsiya jamg‘armalari, texnologik agentliklar, texnoparklar, fan va texnikaning turli sohalarida tadqiqot ishlari olib boruvchi biznes-inkubatorlar vakillari ishtirok etadi.

Unda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Turkiya, Estoniya, Eron, Qozog‘iston va AQShdan kelgan olimlar o‘z ilmiy ixtiro va ishlanmalarini taqdim qiladi.

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, “InnoWeek” O‘zbekistonning hukumat va ishbilarmon doiralari va salohiyatli sarmoyadorlar muloqoti uchun o‘ziga xos maydoncha yaratishga mo‘ljallangan muhim tadbirdir. U nafaqat O‘zbekiston, balki chet elda ishlab chiqilgan yangi texnologiyalarni ham namoyish qilishga yo‘naltirilgan. Haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan g‘oyalar almashinuvi istiqbolli investitsiya imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish imkonini beradi.

“InnoWeek” dasturi qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Birinchi innovatsion texnologiyalar xalqaro yarmarkasi, xalqaro innovatsion va investitsiya forumi hamda robototexnika bo‘yicha xalqaro yoshlar chempionati ham shular jumlasidandir. Haftalik doirasida ijtimoiy va moliya sohalaridagi innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot va davlat boshqaruvidagi so‘nggi ilmiy yutuqlar namoyish etilad

Manba:UzA