Kompaniyaning 2016 yil uchun lizing siyosati belgilanib olindi
2016-03-15 00:00:00
”O‘zmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasi o‘zining joriy yilga mo‘ljallangan lizing siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldi.
”O‘zmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasi o‘zining joriy yilga mo‘ljallangan lizing siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldi. Lizing siyosati lizing kompaniyasi rahbariyati tomonidan qabul qilingan yo‘nalish, uslub va yondashuvlarni o‘z ichiga olgan, shuningdek lizing berish va lizing tavakkalchiliklari hamda lizing portfelini samarali boshqarishga mo‘ljallangan.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga, shuningdek ustuvor ravishda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi suv xo‘jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga zamonaviy melioratsiya texnikalaridan foydalanish uchun qulay moliyaviy shart-sharoit yaratish kompaniya siyosatining strategiyasi hisoblanadi.
Kompaniyaning joriy yil siyosati ustuvor ravishda Davlat dasturi asosiy yo‘nalishlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan kelib tushadigan talablarga muvofiq tashkil etiladi. Xususan, meliorativ tadbirlar va qurilish ishlarini amalga oshiradigan boshlang‘ich sarmoyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga taqsimot asosida lizing texnika ajratish ko‘lamini kengaytirish, moliya bozorini tahlil qilgan holda lizing amaliyotiga xalqaro standartlarga javob beradigan ustuvor usullarni joriy qilish, lizing oluvchilarga xizmat ko‘rsatish davomida uning amaldagi qonun xujjatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, lizing oluvchilarning talab va extiyojlarini doimiy o‘rganib borish va ularning talablarini qisqa muddatlarda qondirilishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar ko‘rish.
Shuningdek, lizing oluvchilarning lizing xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berish ham kompaniyaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Foydali havolalar