BankEXPO – 2016

2016-04-15 00:00:00

“O‘zko‘rgazmasavdo” markazida bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari “BankEXPO – 2016” milliy ko‘rgazmasi o‘z ishini yakunladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan Oliy Majlis qonunchilik palatasi, O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ko‘magida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada mamlakatimizning barcha tijorat banklari o‘zining eng yaxshi texnologiyalari va xizmatlari shuningdek, ko‘rgazmada lizing va investitsiya kompaniyalari, yetakchi sug‘urta, moliya muassasalari uchun IT mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar haqida tashrif buyurganlarga ma’lumot berdi.

“O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan stendlarga ko‘plab ishtirokchilar, jumladan, yosh tadbirkorlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, yurtimiz aholisi va mehmonlar qiziqish bildirishdi. Ishtirokchilarga kompaniyamizning malakali mutaxassislari tomonidan maslahatlar, savollariga javoblar, shuningdek, lizing xizmatlari haqidagi axborotlar taqdim etildi.

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “BankEXPO” ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zmeliomashlizing” kompaniyasi ilk bor qatnashayotgan bo‘lsada, har taraflama ishtirokchilarning e’tiborini qozondi.

“BankEXRO – 2016” ko‘rgazmasining ikkinchi kuni “O‘zmeliomashlizing” kompaniyasi tomonidan turli xil yo‘nalishlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi va tanlov ishtirokchilaridan eng munosiblari tanlab olindi.

Bular eng intizomli lizing to‘lovchisi nominatsiyasi g‘olibi Jizzax viloyatining “Mirzacho‘ldavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi hamda tezkor va sifatli texnik servis ko‘rsatuvchi nominatsiyasi g‘olibi “Meliomashlizingservis” sho‘’ba korxonasining Toshkent viloyati filiali. Ularga kompaniyaning diplom va qimmat baho sovg‘alari taqdim etildi.

Ushbu o‘tkazilgan ko‘rgazma Kompaniyamizga o‘z xizmatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish imkoniyatini yaratdi hamda mijozlar doirasini kengayishiga munosib zamin bo‘ldi.