Axborot texnologiyalari

2016-10-24 00:00:00

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yilning 9 oyidagi faoliyati sarhisobi

2016-yilning 21-oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yilning 9 oyidagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilashga bag‘ishlangan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Vazirlikning rahbar va mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar va ularning hududiy rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek sohaning hududiy tashkilotlari xodimlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari huzuridagi Komputerlashtirish markazlari mas’ullari yig‘ilishni videokonferensiya shaklida kuzatib borishdi.

Hay’at yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 2016 yilning 9 oyida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 4,4 trillion so‘mni (2015 yilning shu davriga solishtirganda o‘sish 115%) tashkil etdi, jumladan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2.92 trillion so‘mni tashkil etdi (116% o‘sish).

Keng polosali internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi simli portlardan foydalanish 107,4% o‘sdi. Bu esa foydalanuvchilarga keng polasali IPTV, videotelefoniya, yuqori tezlikdagi internet, HDTV-kanallar va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yanada kengaytirmoqda.

Majlisda FTTx texnologiaysidan ratsional va keng foydalanish, telekommunikatsiya iste’molchilari murojaatlariga tezkorlik bilan munosabat bildirish yuzasidan texnik xizmatlarni yanada rivojlantirish kerakligi ta’lidlandi. Shunning bilan birga telekommunikatsiyalar operatorlari rahbarlarining aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash kerakligiga tortildi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini ta’minlash uchun zamonaviy nazorat metodlarini qisqa muddat ichida ishlab chiqarish topshirildi.

Hay’at majlisida mamlakatimizda raqamli televideniyaga bosqichma-bosqich joriy etilyotgani va hozirgi kunda yurtimiz hududining 79.5% qamrab olinganligi ma’lum qilindi. 2016 yilning oxitiga qadar 10 ta raqamli teleuzatkichlar o‘rnatiladi va bu ko‘rsatkich 88% ga etadi.

“UZ” hududidagi domenlar soni bu davrda 29 mingtaga yetib, o‘sish 123%ni tashkil qilgan. “UZ” hududidagi milliy axborot resurslarining rivojlanish holati tahlil etildi. ZiyoNET tarmog‘i doirasida ta’lim resurslari soni esa 126 000 taga (o‘sish 124 %) yetdi. uMail.uz elektron pochta tizimi foydalanuvchilari soni 367 mingdan oshdi, va 2015 yilning shu davriga nisbatan 165% o‘sdi. Majlis davomida milliy resurlarni, jumladan ijtimoiy tarmoqlarni, strategik rivojlanitirish uchun va manzilli orientirlarni aniqlab olish uchun kerakli topshiriqlar berildi. Mahalliy ijtimoiy tarmoqlarni rivojlanitirsh masalasi ham alohida muhokama etildi.

Joriy yilda Tas-IX hududida joylashgan milliy davra.uz ijtimoiy tizimi ishga tushirilganligi ta’kidlandi. Ushbu tizimdan foydalanish uchun mobil operatorlar tomonidan foydalanuvchilarga imtiyozlar berilishi va davra.uz tizimiga ko‘proq yoshlarni jalb qilish kerakligi ta’lidlandi.

“Elektron hukumat” tizimini va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish bugungi kunda muhim va dolzarb yo‘nalish ekanligi qayd etildi. Majlisda aytilishicha, qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida ushbu yo‘nalishda bir qator natijalarga erishildi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan onlayn xizmatlar soni yil davomida 25 taga oshdi va ularning umimiy soni 290 dan oshdi. Natijada davlat organlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga 833 mingdan ziyod hizmatlar ko‘rsatildi.

Normativ huquqiy hujjatlarni muhokamsi portalida (regulation.gov.uz) muhokama etilayotgan 860 ta normative huquqiy hujjatlarga 1500 dan ziyod takliflar va izohlar tushdi.

Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini muntazam yaxshilab bolirlish lozimligi qayd etildi. Jumaladan, aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarining to‘liq ikki tomonlama faoliyat yuritilishi taminlash kerakligi etildi.

Iqtisodniy real sektorida, aksionerlik kompaniyalar, uyushmalar, yirik iqtisodiy korxonalarida aloqa-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Davlat rahbarining qarorlari asosida hozirda umumiy narxi 336 milliard so‘m bo‘lgan axborot tizimlari va dasturiy taminotlarni joriy etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Hozirda umumiy narxi 62,4 million so‘m bo‘lgan 81 ta loyihani amalga oshirish yakunlandi. 2016-2018 yillar davomida umumiy narxi 1,1 trillion so‘m bo‘lgan iqtisodning real sektorida 89 ta AKT joriy etish loyihalari amalga oshir rejalashtirilgan.

Majlisda mamlakat hududlarida axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda amalga oshirilayotgan choralar ko‘rib chiqarildi. Vazirlikning xududiy boshqarmalari va Elektron xukymatni joriy etish markaziga joylardagi davlat boshqaruvi organlarida AKTni joriy etishni tezlashtirish bo‘yicha chora tadbirlar qabul qilish topshirildi.

Dastur yaratuvchilar milliy reyestrga kiritilgan dastur yaratuvchilarning soni 114 ga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 131% o‘sdi. Qayd etib o‘tildiki hukumat rahbarlarining qarorlaro asosida berilgan imtiyozlar natijasida dastur ishlab chiqaruvchilar 2 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ni tejashgan.

Pochta aloqasi xizmatlarining xolati va rivojlanishi masalalari ham ko‘rib chiqildi. Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi sharoitida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan xolda an’anaviy pochta aloqasi xizmatlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi qayd etildi. Shu sababli “O‘zbekiston pochtasi” AJga “Elektron tijorat” haqidagi qonunga muvofiq yangi pochta aloqasi xizmatlarini joriy qilish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish qayd etildi.

Hay’at majlisida Vazirlik va uning bo‘limlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalalari har tomonlama va tanqidiy yondoshgan holda tahlil qilindi. Vazirlik bo‘limlarining rahbarlari, aloqa operatorlar va provayderlarga xizmatlar foydalanuvchilaridan tushgan murojaatlarga javob qaytarish ustidan nazorat o‘rnatish uchun ariza beruvchilar bilan rasmiy saytlar va telefon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish haqida ko‘rsatmalar beridi.

Qayd etib o‘tilganidek hisobot davrida asosiy murojaatlar telekomusikassiya xizmatlari, xususan simli va mobil aloqa, hamda internet xizmatlariga tegishli.

Shu munosabati bilan “O‘zbektelekom” AJ va uning filiallari rahbarlariga, mobil aloqa operatorlari rahbarlariga yuridik va jismoniy shahslar murojaatlari bilan ishlashni samaradorligini oshirish bo‘yicha chora va tadbirlar ko‘rish bo‘yicha qattiy vazifalar topshirildi. Shu bilan birga telekommunikatsiya va pochta aloqasini taqdim etuvchi operatorlarga hizmatlar sifatiga bog‘liq murojatlarga operativ javob berish bo‘yicha tizimni yaxshilash kerakligi aytildi.

Mushtariylarning qo‘ng‘iroqlari bilan ishlovchi Call-markazlarning ishin yaxshilash kerakligi ta’kidlandi. Jumaladan, Call-markazlarning hodimlarining professional va mijozlarning xizmat sifatiga oid taqdim etilayotgan shikoyatlariga javob berish ko‘nikmalari yaxshilash zarurligi aytildi.

Yilning oxiria qadar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ustuvor masalalar ham muhokama etildi, ular orasida:

- aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun 20dan ziyod zamonaviy interaktiv xizmatlar joriy etish;

- mamlakat iqtisodiyotining real sektori korxonalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davom ettirish, jumladan AKT joriy etish bo‘yicha 15 ta loyihani amalga oshirish;

- mamlakat hududlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha 148 ta manzilli loyihalarni amalga oshirish;

- Optik-tolali aloqa liniyalari asosida keng polosali Internet xizmatlarini yanada rivojlantirish, elektron hukumat tizimi uchun ma’lumot markazini tashkil etish, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlarini ishonchliligini oshirish va axborot himoya qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash, va boshqalar.

Hay’at yig‘ilishida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Qarorda axborot va kommunikatsiya sohasini yanada rivojlanitirishga qaratilgan chora-tadbirlar aniqlanib olingan.

Manbai: UzReport