“O’zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi majlisi to‘g‘risida axborot
2016-10-31 00:00:00
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini, 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijadorligini muhokama qilishga bag‘ishlangan va “O‘zmeliomashlizing” DLK ning, “Meliomashlizing servis” ShK va uning filiallarining 9 oyi davomida bajargan ishlari bo‘yicha majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni “O’zmeliomashlizing” kompaniyasi ijro etuvchi direktori Akrom Sulaymonov olib bordi.
Majlisda mamlakatni rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, shuningdek, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiyalashni chuqurlashtirishning eng muhim vazifalarini bajarish, joriy yilda foydalanishga topshiriladigan eng muhim obyektlarni ishga tushirishni so‘zsiz ta’minlash, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, mahalliy mahsulotlar eksportini ko‘paytirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar natijadorligi har tomonlama ko‘rib chiqildi va tanqidiy tahlil qilindi.
Melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishiga ixtisoslashtirilgan suv xo‘jaligi ekspluatatsiya va pudrat tashkilotlarini, shuningdek, suv ist’emolchilarining faoliyatini qo‘llab quvvatlash borasida Kompaniya tomonidan Davlat dasturi asosida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmasiga ko‘ra Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2016 yilda jami qiymati 41,2 mlrd so‘mlik 140 dona zamonaviy texnika xarid qilish rejalashtirilgan, shundan 60 dona zamonaviy ekskavator, 21 dona buldozer va 59 dona boshqa texnika va mexanizmlar. Shuningdek, joriy yilda Kompaniya o‘z mablag‘lari hisobidan qiymati 12,5 mlrd so‘mlik 30 dona zamonaviy texnikalarni xarid qilib, lizing oluvchilarga yetkazib berish rejalashtirilgan.
Joriy yilning 1 oktyabr holatiga davlat dasturi bo‘yicha texnikalarni xarid qilish yuzasidan texnikalar qiymatining 85 foizi miqdorida 37,6 mlrd.so‘m moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga buyurtmanomalar berildi va Jamg‘arma tomonidan 26,7 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirib berildi. O‘z navbatida, Jamg‘armadan texnikalar xaridi bo‘yicha olingan qarz mablag‘lari bo‘yicha Jamg‘armaga 24,6 mlrd.so‘m qaytarildi.
“Meliomashlizingservis” sho‘’ba korxonasi tomonidan joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida lizingga berilgan texnikalarga 4500,0 mln so‘mlik servis xizmatlari ko‘rsatildi. Texnikalardan oqilona va samarali foydalanishni nazorat qilish maqsadida texnika ishlab turgan joyni onlayn rejimida ko‘rsatib turuvchi GPS kurilmalari joriy yilning 9 oyi davomida 36 dona texnikalarga o‘rnatilidi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha “O’zmeliomashlizing” DLK va “Meliomashlizingservis” ShK raxbarlari va xodimlari tomonidan hisobotlari eshitildi.
So’z oxirida majlisni olib boruvchi “O’zmeliomashlizing” DLK va “Meliomashlizingservis” ShK raxbarlari xamda хodimlariga yanada ishni jonlantirishlarini, xodimlar o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashmog‘i, lizing oluvchilari bilan ko‘proq ishlashi va qarzdorliklarni qisqartirishni yangi strategiyasini uylab chiqish kerakligini bildirdi.
Foydali havolalar