Biz haqimizda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

«O‘ZMELIOMASHLIZING» DAVLAT UNITAR KORXONASINING FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

 

Ta’kidlash lozimki, «O‘zmeliomashlizing» DUK tomonidan 2008 — 2016 yillarda qurilish tashkilotlariga lizing asosida melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanish uyushmasi va fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, boshqa tashkilotlarga 2300 dona, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi hisobidan — 2108 dona meliorativ va boshqa texnika, mashinalari, uskunalar hamda boshqa mexanizatsiya vositalari yetkazib berildi.

Lizing asosida yetkazib berilgan meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va mexanizatsiyaning boshqa vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy servis xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish uchun 2012 yilda «Meliomashlizingservis» ShK «O‘zmeliomashlizing» DUK tashkil etilgan.

Shu bilan birga hududlarda lizing texnikasiga talabni prognozlashtirishning ta’sirchan tizimi shakllantirilmagan, joylarda lizing bo‘yicha taqdim etilgan meliorativ texnikadan foydalanishda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tezkor monitoring va talab etilayotgan samaradorlik ta’minlanmagan, meliorativ va boshqa texnikani lizingga taqdim etishni moliyalashtirish uchun xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha imkoniyatlardan zarurligicha foydalanilmayapti.

«O‘zmeliomashlizing» DUK faoliyatini yanada takomillashtirish, melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanish uyushmalari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga zamonaviy meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini lizing asosida yetkazib berishni rag‘batlantirish maqsadida:

1. Quyidagilar «O‘zmeliomashlizing» DUKning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:

birinchi, lizingga yetkazib beriladigan meliorativ va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanish uyushmalari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga zamonaviy meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalariga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish va tahlil qilish;

ikkinchi, meliorativ va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari, suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanish uyushmalari va fermer xo‘jaliklari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga zamonaviy meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini yetkazib berish;

uchinchi, meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilish uchun mo‘ljallangan resurslarni shakllantirish uchun xalqaro moliya institutlarini hisobga olgan holda, imtiyozli asosda donorlar mablag‘larini jalb etish;

to‘rtinchi, lizingga yetkazib berilgan meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy servis xizmatlari ko‘rsatishni tashkillashtirish;

beshinchi, lizingga yetkazib berilgan melioratsiya va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarining texnik holatini tizimli monitoring qilish, maqsadli va samarali foydalanilishini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va «O‘zmeliomashlizing» DUK ijrochi direktori A.I. Sulaymonov zimmasiga «O‘zmeliomashlizing» DUKga yuklatilgan vazifa va faoliyat yo‘nalishlarining sifatli va to‘liq hajmlarda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining avval shakllantirilgan 2 millard so‘m miqdoridagi ustav jamg‘armasini saqlab qolgan holda, «Meliomashlizingservis» ShK «Meliomashlizingservis» MChJ etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

3. Belgilansinki:

«Meliomashlizingservis» MChJning ta’sischisi etib, «O‘zmeliomashlizing» DUK hisoblanadi;

«Meliomashlizingservis» MChJ «Meliomashlizingservis» ShKning shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev), O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R.A. Gulyamov) va «O‘zmeliomashlizing» DUK (A.I. Sulaymonov) bir oy muddatda «Meliomashlizingservis» MChJning asosiy mablag‘larini inventarizatsiyadan o‘tkazsin.

4. Quyidagilar:

«O‘zmeliomashlizing» DUK ijro apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 33 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;

«O‘zmeliomashlizing» DUK tomonidan lizingga meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va boshqa mexanizatsiya vositalarini xarid qilish va taqdim etish to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

5. «O‘zmeliomashlizing» DUKning ijrochi direktori:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

mavqei, maishiy ta’minot sharoitlari, tibbiyot va transport xizmatlarini ko‘rsatish jihatidan vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

6. Belgilansinki, meliorativ va boshqa texnika, mashinalar, uskunalar va mexanizatsiyaning boshqa vositalari:

a) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining talabnomalariga ko‘ra, Sug‘oriladigan yerlarni meliorativ yaxshilash davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi Kengashi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan hamda uning qarorlari asosida 10 yil muddatga quyidagi shartlarda lizingga beriladi:

lizingga berilayotgan texnika narxining 15 foizi lizing oluvchining shaxsiy mablag‘lari hisobidan avans ko‘rinishida to‘lanadi;

lizingga berilayotgan texnika narxining 85 foizi Jamg‘arma tomonidan unga qarz asosida taqdim etilayotgan «O‘zmeliomashlizing» DUK mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va boshqa suv xo‘jaligi ishlari bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ekspluatatsiya suv xo‘jaligi tashkilotlari uchun lizingga berilayotgan texnika narxining 100 foizi Jamg‘arma tomonidan unga qarz asosida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan «O‘zmeliomashlizing» DUK tomonidan moliyalashtiriladi;

lizingga beruvchining daromadi (marjasi) stavkasi lizing shartnomasi tuzilgan kungi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan oshmasligi kerak;

b) «O‘zmeliomashlizing» DUKning (unga qarz asosida Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan tashqari) shaxsiy mablag‘lari va boshqa jalb etiladigan mablag‘lar hisobidan tijorat shartlarida 7 yil muddatga kuyidagi shartlarda lizingga beriladi:

lizing oluvchining hisobidan — 30 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi avans;

lizingga beruvchining shaxsiy mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan — 70 foizgacha bo‘lgan mablag‘lar.

Bunda «O‘zmeliomashlizing» DUKning daromadlari (marjasi) stavkasi lizing shartnomasiga ko‘ra belgilanadi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda «O‘zmeliomashlizing» DUKning ustavini tasdiqlasin.

8. «O‘zmeliomashlizing» DUK O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha departament, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.

10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — qishloq va suv ho‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

 

 

 

                             O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                                                                                                                                     SH. MIRZIYOYEV

 

Toshkent sh.,

2017 yil 6 oktyabr,

PQ-3313-son

 

 

 

 “O`zmеliоmаshlizing” dаvlаt lizing kоmpаniyasi O`zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2007-yil 21-dеkаbrdаgi 266-sоnli “O`zmеliоmаshlizing” dаvlаt lizing kоmpаniyasini tаshkil etish to`g`risidа”gi qаrоrigа аsоsаn tаshkil etilgаn bo`lib, kоmpаniyaning аsоsiy vаzifаsi etib sug`оrilаdigаn yеrlаrning mеliоrаtiv hоlаtini yaxshilаsh fаоliyati bilаn shug`ullаnuvchi suv xo`jаligi qurilish vа fоydаlаnish tаshkilоtlаrigа, shuningdеk suvdаn fоydаlаnuvchilаr uyushmаlаrigа vа fеrmеr xo`jаliklаrigа ulаrning tоpshirig`igа ko`rа xаrid qilinаdigаn mеliоrаtsiya tеxnikаsi, mаshinаlаri vа bоshqа mеxаnizаtsiyalаsh vоsitаlаrini lizinggа bеrish bеlgilаngаn.  O`zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2008-yil 7-mаydаgi “Mеliоrаtsiya vа bоshqа suv xo`jаligi ishlаrini bаjаrishgа ixtisоslаshtirilgаn dаvlаt unitаr kоrxоnаlаrini tаshkil etish hаmdа ulаrning fаоliyatini yo`lgа qo`yish chоrа-tаdbirlаri to`g`risidа”gi 92-sоnli qаrоri аsоsidа tаshkil etilgаn 48 tа dаvlаt unitаr kоrxоnаlаri hаmdа sug`оrilаdigаn yеrlаrning mеliоrаtiv hоlаtini yaxshilаsh fаоliyati bilаn shug`ullаnuvchi suv xo`jаligi tаshkilоtlаrigа 2008-2012-yillаr dаvоmidа “O`zmеliоmаshlizing” dаvlаt lizing kоmpаniyasi tоmоnidаn yеtkаzib bеrilishi lоzim bo`lgаn 1418 ta mеliоrаtsiya tеxnikаlаridаn hоzirgi kungаchа 1258 tаsi yеtkаzib bеrildi. Kоmpаniyamizdа lizinggа muаyyan vаqtgаchа bеrilgаn tеxnikаlаr sоni(ikki mingtа)gа yaqin tеxnikаlаr xаrid qilinmоqdа.

 
 
Kompaniyaning asosiy funksiyasi - mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning texnikalari bazasini yangilash maqsadida zamonaviy melioratsiya va boshqa texnikalar, mashina va mexanizimlar hamda asbob-uskunalarni lizing asosida yetkazib berilishini ta’minlash hisoblanadi. Bunda, asosiy ustuvorlik sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati va boshqa suv xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanuvchi suv xo‘jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga qaratiladi.

Kompaniya lizing oluvchisi – lizing shartnomasi bo‘yicha lizing ob’ektini egalik qilish va foydalanish uchun olayotgan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari, shuningdek suv xo‘jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlaridir.

Lizingning lizing oluvchi uchun qulayligi - lizing muddati davomida lizingga olingan ob’ekt qiymatini bosqichma-bosqich qaytarib borish hisobiga o‘z oborot mablag‘larini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi.

Kompaniyaning Lizing siyosati.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga, shuningdek ustuvor ravishda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi suv xo‘jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga zamonaviy melioratsiya texnikasi, mashina va mexanizmlaridan foydalanish uchun qulay moliyaviy shart-sharoit yaratish lizing siyosatining strategiyasi hisoblanadi.
Lizing siyosatining ustuvor yo‘nalishlari.
Kompaniya lizing siyosati ustuvor ravishda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida qabul qilingan Davlat dasturi asosiy yo‘nalishlari va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan kelib tushadigan talablarga muvofiq tashkil etiladi. Xususan:
• meliorativ tadbirlar va qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga lizing asosida texnika ajratish ko‘lamini kengaytirish;
• moliya bozorini tahlil qilgan holda lizing amaliyotiga xalqaro standartlarga javob beradigan ustuvor usullarni joriy qilish, doimiy daromad keltiruvchi va tavakkalchilik xatari minimal bo‘lgan lizing portfelini shakllantirish ustuvor yo‘nalishlar hisoblanadi.