"O‘zmeliomashlizing" DUKda jamoaviy sport an’ana tusiga kirmoqda
2025-05-03 00:00:00
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, “O‘zmeliomashlizing” DUK tomonidan tashkil etilgan jamoaviy sport klublari faoliyati davom ettirilmoqda.
Joriy yilning 3-may kuni “Voleybol” sport klubining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalgidek poytaxt maktablaridan birida tashkil etilib, unda korxona xodimlari faol ishtirok etdilar.
Mashg‘ulot davomida sportga bo‘lgan qiziqish, jamoaviylik ruhi va sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilindi. Korxona rahbariyati tomonidan bunday tadbirlarning muntazam davom ettirilishi xodimlar salomatligi va jismoniy faolligini ta’minlashdagi muhim omil sifatida qayd etildi.
“Voleybol” mashg‘ulotlarining navbatdagi bosqichlari ham rejalashtirilgan bo‘lib, ular orqali sog‘lom jamoa va ijobiy ish muhitini shakllantirish maqsad qilingan.
Foydali havolalar